Mahalliy

Oʻzbekiston chegarasida 177 mln soʻmlik 4,4 ming dona parfyumeriya mahsulotlari aniqlandi

«Farhod» chegara bojxona postida bojxonachilar 4 464 dona parfyumeriya mahsulotlarini aniqlashdi. Tovarlarni yoʻlovchi deklaratsiyasida koʻrsatmasdan olib chiqib ketishga urinishgan. Parfyumeriya fuqaro boshqaruvidagi elektroskuter koʻzdan kechirilganda topilgan. Mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar ham boʻlmagan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, aniqlangan tovarlarning qiymati 177 mln soʻmni tashkil etadi. Holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda. Bojxona qoʻmitasida shuningdek […]

Oʻzbekiston chegarasida 177 mln soʻmlik 4,4 ming dona parfyumeriya mahsulotlari aniqlandi

«Farhod» chegara bojxona postida bojxona xodimlari 4 464 dona parfyumeriya mahsulotlarini aniqlashdi. Tovarni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatmasdan olib chiqib ketishga urinishgan.

Parfyumeriya fuqaro boshqaruvidagi elektroskuter koʻzdan kechirilayotganda topilgan. Mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar ham boʻlmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, topilgan tovarlarning qiymati 177 mln soʻmni tashkil etadi. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Bojxona qoʻmitasi, shuningdek, jismoniy shaxslar qiymati 5 ming dollargacha boʻlgan tovarlarni deklaratsiyasiz olib chiqib ketishlari mumkinligini eslatib oʻtdi. Bunda bir xil turdagi mahsulotlarning koʻp miqdorda boʻlishi tijorat maqsadida olib chiqish deb baholanishi mumkin.

Parfyumeriya mahsulotlariga tegishli hujjatlar ularning kelib chiqishi, qonuniy sotib olingani, shuningdek, sifat va xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun zarurdir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.