Oʻzbekiston Bosh vaziri SHHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Bosh vaziri SHHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega keldi
Bugun, 20 oktyabr kuni Tojikiston poytaxtida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boʻlib oʻtmoqda. Ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston nomidan Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etmoqda.
Majlis Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda raisligida oʻtmoqda.
Uchrashuv boshlanishidan oldin Prezident Emomali Rahmon delegatsiyalar rahbarlarini, SHHT Bosh kotibi Nurlan Yermekbayevni va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi direktori Ularbek Sharsheyevni qabul qildi.
Kun tartibidan davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, birgalikdagi ishlar yakunlarini sarhisob qilish va oʻzaro hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilash oʻrin olgan. Majlis ishtirokchilaridan biri Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boʻlib, u hamkasblari bilan birgalikda tashkilot doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston, Belarus, Xitoy, Eron, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Moʻgʻuliston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari, shuningdek, SHHT tuzilmalari rahbarlari ishtirok etmoqda.
Majlis yakunlari boʻyicha yakuniy hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2027 yilda aynan Oʻzbekiston SHHTga aʼzo davlatlar bosh prokurorlarining navbatdagi majlisiga mezbonlik qilishi xabar qilinmoqda.

