Oʻzbekiston aholisi soni 39,5 mln kishidan oshdi
2026 yil 1 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 39,53 mln kishini tashkil etdi. Bir yil ichida koʻrsatkich 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oʻsdi, xabar beradi Milliy statistika qoʻmitasi. Eng koʻp aholi yashaydigan viloyat boʻlib Samarqand viloyati qolmoqda — u yerda 4,46 mln kishi istiqomat qiladi. Keyingi oʻrinlardan 4,29 mln kishi bilan Fargʻona viloyati va 3,8 mln nafar aholi bilan Toshkent viloyati joy olgan. Toshkentda […] istiqomat qiladi

Oʻzbekiston aholisi soni 39,5 mln kishidan oshdi
2026 yil 1 oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi 39,53 mln kishiga yetdi. Milliy statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan.
Samarqand viloyati eng koʻp aholi yashaydigan hudud boʻlib qolmoqda — u yerda 4,46 mln kishi istiqomat qiladi. Keyingi oʻrinlardan 4,29 mln kishi bilan Fargʻona viloyati va 3,8 mln kishi bilan Toshkent viloyati joy olgan.
Toshkent shahrida 3,28 mln ga yaqin kishi yashaydi. Hududlar orasida eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida qayd etilgan — 965,4 ming kishiga yaqin.

