Oʻzbekiston aholisi bir sutka ichida ikkinchi bor yer qimirlashini his qildi

Oʻzbekiston aholisi bir sutkada ikkinchi bor yer qimirlashini his qildi
Andijon viloyatining toʻrtta tumani aholisi markazi Qirgʻizistonda boʻlgan zilzilani his qildi. Yer silkinishlari 1 oktyabr kuni soat 13:17 da qayd etildi.
Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi xabariga koʻra, magnituda 4,3 ni, chuqurlik esa 10 kilometrni tashkil etgan. Zilzila markazi Jalolobodda joylashgan.
Oʻzbekiston hududida silkinishlar 2 ball kuchida sezildi. Ular zilzila markazidan 68 kilometr uzoqlikdagi Xonabod tumanida, 75 kilometr uzoqlikdagi Qoʻrgʻontepa tumanida, 80 kilometr uzoqlikdagi Paxtaobod tumanida va 88 kilometr uzoqlikdagi Jalaquduq tumanida qayd etildi. Toshkentgacha boʻlgan masofa shimoli-sharqiy yoʻnalishda 333 kilometrni tashkil etadi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati aholisi markazi Afgʻonistonda boʻlgan zilzilani his qilgani xabar qilingan. Yer silkinishlari 1 oktyabr kuni soat 06:29 da sodir boʻlgan.

