Mahalliy

Oʻzbek rejissyori Abbasovga oʻlimidan soʻng Charli Chaplin nomidagi mukofot topshirildi

Oʻzbek rejissyori Abbosovga vafotidan soʻng Charli Chaplin nomidagi mukofot topshirildi

Taniqli oʻzbek rejissyori Shuhrat Abbosov kinematografiya rivojiga qoʻshgan hissasi uchun vafotidan soʻng Chaplin Awards bilan taqdirlandi. Mukofotni uning oʻgʻli Eldjon Abbosov qabul qilib oldi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, marosim 23 oktyabr kuni Toshkentdagi "Oʻzbekiston" Xalqaro anjumanlar saroyida boʻlib oʻtdi. Tadbir The Hollywood Reporter nashri bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Charli Chaplinning nabirasi Kiara Chaplin ishtirok etdi.

Eldjon Abbosov ushbu eʼtirof nafaqat oila uchun, balki xalqaro maydonda oʻzbek kinosi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

"Oltin hassa" mukofotini rossiyalik aktrisa Leonela Manturova oldi. Mukofotni unga Kiara Chaplinning shaxsan oʻzi topshirdi. The Hollywood Reporter tahririyati Boris Xanchalyanga Featured Producer maqomini berdi.

Marosim finalida tomoshabinlarga zoʻravonlikni boshdan kechirgan bolalar haqidagi Haqqim bor filmi namoyish etildi. Shuningdek, kinonamoyishlar hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Avvalroq oʻzbek rejissyori Rashid Malikovning "Vata" filmi X "Yevraziyskiy most" xalqaro kinofestivalida badiiy kino tanlovining bosh sovrinini qoʻlga kiritgan edi. Yubiley festivali ilk bor Moskvada boʻlib oʻtdi va 14 mamlakat kinematografchilarining ishlarini jamladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.