Aktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi
Taniqli o‘zbek aktyori, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida vafot etdi. U “Vatan” filmidagi roli bilan keng tanilgan.

Aktyor, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya arboblari uyushmasi ma’lum qildi.
O‘zbekistonning taniqli kinoaktyori, rejissyor va pedagog Abdumannon Ubaydullayev vafot etdi.
Ubaydullayev 2006-yilda Zulfiqor Musoqovning "Vatan" filmidagi roli bilan mashhur bo‘lgan. Film suratga olingan paytda aktyor 66 yoshda edi.
Keyinchalik u "Omad", "So‘nggi lahza", "Aldangan ruh", "Kulba" filmlarida, shuningdek, bir qator teleseriallarda rol ijro etgan.
Abdumannon Ubaydullayev aktyorlik faoliyatini boshlashdan avval bolalar radiosida rejissyor, so‘ngra Qashqadaryo viloyati teatrida ishlagan. Keyinchalik u "Tabassum" radiojurnalini tayyorlagan.
U san’atshunoslik fanlari nomzodi, yoshlar bilan ishlash sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim bo‘lgan hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining ovoz rejissurasi va operatorlik mahorati kafedrasida dars bergan.
Abdumannon Ubaydullayev 2023-yilda Kun nashriga bergan intervyusida shunday degan edi: "Agar sen shuncha qiyinchilik bilan to‘plagan bilimlar bo‘lsa, ularni kimdir sendan olishi kerak".
U, shuningdek, Madaniyat institutiga o‘qishga kirganida rejissyorlik kasbini tanlaganini aytgan. Uning fikricha, aynan rejissyor aktyorlar ishini boshqaradi.

