Sport

Oʻzbek futboli afsonasi Akopyants "Rostov" akademiyasi sport direktori boʻldi

Oʻzbek futboli afsonasi Akopyants "Rostov" akademiyasi sport direktori boʻldi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Akopyants Rossiyaning "Rostov" futbol klubi akademiyasi sport direktori etib tayinlandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Akopyants klubni juda yaxshi biladi: 2000-yillarning boshida u "Rostov" tarkibida 116 ta oʻyin oʻtkazib, beshta gol urgan. 2017 yildan buyon mutaxassis klubning bolalar va oʻsmirlar sport maktabida murabbiy boʻlib ishlab, turli yoshdagi jamoalar bilan shugʻullanib kelayotgan edi.

Oʻzbekistonda Akopyants "Paxtakor", Samarqandning "Dinamo", "Neftchi" va "Buxoro" klublarida toʻp surgan. Milliy terma jamoa safida u 40 ta oʻyin oʻtkazib, oltita gol urgan. 1999 yilda u Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi oʻrtoqlik uchrashuvida Suriyani 4:1 hisobida magʻlub etdi. Husayn Norchayev dubl qayd etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.