OAV: Eldor Shomurodovning sobiq klubi chuqur inqiroz yoqasida turibdi
Qarz tufayli klubning hisoblari muzlatilgan. Klub moliyaviy muammolarini hal qilmaguncha, hisoblar ochilmaydi

OAV xabarlariga ko‘ra, Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi jiddiy inqiroz yoqasida.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ilgari to‘p surgan Rossiyaning "Rostov" klubi og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, "Rostov" klubining soliq va ish haqi bo‘yicha qarzi qariyb 128 million rublni tashkil etadi. Ushbu qarz sababli klubning bank hisoblari muzlatilgan. Moliyaviy muammolar hal etilmaguncha, hisoblar blokdan chiqarilmaydi.
Eldor Shomurodov "Rostov" klubi tarkibida 2017-yildan 2020-yilgacha o‘ynagan. U 2017-yil iyul oyida "Bunyodkor"dan Rossiya klubiga o‘tgan va 2020-yil sentabr oyida Italiyaning "Jenoa" klubiga transfer qilinguniga qadar "Rostov" sharafini himoya qilgan.

