Mahalliy

«Oʻqituvchi va murabbiylar mehnatini ulugʻlash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz» — prezident

Oʻzbekiston Prezidenti oʻqituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi. U yosh avlodni tarbiyalashni «dunyodagi eng muhim va olijanob kasb» deb atadi. «Biz bunday masʼuliyatli soha xodimlari mehnatini ulugʻlash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz», — dedi prezident.

«Oʻqituvchi va murabbiylar mehnatini ulugʻlash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz» — Prezident

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylarni 1 oktyabr kuni nishonlanadigan kasb bayrami bilan tabrikladi.

U yosh avlod tarbiyasini «dunyodagi eng muhim va olijanob kasb», «bilim va maʼrifat, tarbiya va madaniyat»ni esa — «Yangi Oʻzbekiston kuch-qudrati va salohiyatini yuksaltirishning, ulkan yutuqlarimiz va ezgu fazilatlarimizning tuganmas manbalaridan biri» deb atadi.

«Maktab — kelajak bogʻi boʻlsa, demak, oʻqituvchi — umid nihollarini mahorat bilan parvarishlovchi bogʻbon, ezgulik va gʻamxoʻrlik bulogʻi, maʼrifat mashʼalidir. Shu bois biz bunday masʼuliyatli soha xodimlari mehnatini ulugʻlash va qadrlashdan hech qachon charchamaymiz», — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev «bugungi kunda eng yorqin yutuqlarimiz orasida eng ahamiyatlisi — taʼlim sohasidagi islohotlar natijalari» ekanini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bundan oʻn yil avval mavjud boʻlgan koʻplab muammolar allaqachon hal etildi, oldinga harakat qilishga toʻsqinlik qilgan gʻovlar yengib oʻtildi, taʼlim sohasi jadal rivojlanmoqda, oʻqituvchilik kasbi esa tobora obroʻli boʻlib bormoqda.

«Kelgusi oʻn yillik biz uchun milliy yuksalish davri boʻladi, biz oʻz oldimizga yanada yuksak maqsadlarni qoʻydik», — dedi davlat rahbari.

«Bundan buyon oilada, mahallada, maktablarda, texnikum va oliy oʻquv yurtlarida bolalarda Vatanga muhabbat, u bilan faxrlanish, uning taqdiriga daxldorlik, tariximiz va madaniyatimizga hurmat tuygʻusini tarbiyalash ishlarini yangicha tashkil etamiz. Bunda hozirgi murakkab davr talablariga qatʼiy amal qilish zarur. „Yosh avlod tarbiyasi — muqaddas burch, butun jamiyatning vazifasi“ degan daʼvat har birimizning qalbimizda aks-sado berishi, kundalik hayotimiz mezoni va mazmuniga aylanishi kerak», — deb taʼkidladi Prezident.

U oʻqituvchi va murabbiylar «Oʻzbekiston yoshlarini „Vatan uchun, millat va xalq uchun!“ degan ezgu gʻoyadan ilhomlanib, oldinga intiluvchi avlod sifatida shakllantirishning ulkan ahamiyatini chuqur anglagan holda, oʻzlarining keng bilim va boy tajribasi, isteʼdod va mahoratiga tayanib, bu jarayonlarda faol ishtirok etishlariga» ishonch bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.