Mahalliy

“Oʻgʻil boʻlsa, bas”: Oʻzbekistonda oʻgʻil farzandga ustunlik oilalar qaroriga qanday taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda oilalar oʻgʻil farzandli boʻlgach, farzand koʻrishni davom ettirish ehtimoli sezilarli kamayadi. Yangi tadqiqotga koʻra, bu taʼsir tugʻuruqlar soni oshgani sari kuchayib, 32–36 foizgacha yetadi. Tadqiqot mualliflari buni oilaning kamida bitta oʻgʻilga ega boʻlishni koʻzlagan “toʻxtash qoidasi” bilan izohlaydi.

“Oʻgʻil boʻlsa, bas”: Oʻzbekistonda oʻgʻil farzandga ustunlik oilalar qaroriga qanday taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda oilalar kamida bitta oʻgʻil koʻrsa, keyingi farzandni dunyoga keltirish ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Bu yaqinda eʼlon qilingan “A Tale of two choices: Son preference and reproductive outcomes in Uzbekistan” tadqiqotidan kelib chiqadigan xulosadir. Tadqiqot mualliflari Hilola Dushamova, Rashid Javed, Gʻayrat Suyunov va Munira Zakirova.

**Oʻgʻil boʻlsa, yetarli – tadqiqotning asosiy xulosasi**

Tadqiqotda 2021–2022 yillardagi Oʻzbekiston Multiple Indicator Cluster Survey maʼlumotlaridan foydalanilgan. Ikkinchi bosqichda 4448 ta uy xoʻjaligidan maʼlumot yigʻilgan. Tadqiqotning yakuniy tanlanmasiga esa kamida bir marta tirik farzand koʻrgan 3585 nafar turmush qurgan ayol kiritilgan.

Mualliflar “oʻzbek oilalarida oʻgʻil farzandga ehtiyoj yuqori boʻlgani uchun oilalar oʻgʻil tugʻilguncha farzand koʻrishda davom etadi” degan oddiy taxminni emas, balki buning teskarisini ham koʻrsatishgan: oʻgʻil tugʻilgach, farzand koʻrishni toʻxtatish yoki keyingi tugʻuruqni kechiktirish ehtimoli oshadi. Masalan: ikkinchi farzanddan keyin kamida bitta oʻgʻli bor ayollarning yana farzand koʻrish ehtimoli 16,7 foizga past; uchinchi tugʻuruqdan keyin bu farq 32,1 foizgacha; toʻrtinchi tugʻuruqdan keyin esa 35,9 foizgacha yetadi.

Yana qiziq tomoni — oʻgʻillar soni oshgani sari farzand koʻrishni davom ettirish ehtimoli ham kamayadi.

Masalan, dastlabki ikki farzandi qiz boʻlgan ayollarga nisbatan bitta oʻgʻli bor ayollarning keyingi farzand koʻrish ehtimoli 15,8 foizga, ikki oʻgʻli bor ayollarniki esa 18,4 foizga past boʻlgan.

Toʻrtinchi tugʻuruqdan keyin esa oʻgʻil farzandlari soniga qarab keyingi tugʻuruq ehtimoli 28,6–38,5 foizga past boʻlgan.

Lekin tadqiqotning eng qiziq joyi boshqa: tadqiqotchilar ikki xil jinsdagi farzandlari bor oilalar bilan faqat qizlari yoki faqat oʻgʻillari bor oilalarni ham solishtirgan. Natijada birinchi ikki farzandi qiz boʻlgan ayolning uchinchi farzandni koʻrish ehtimoli aralash jinsdagi ikki farzandi bor ayolnikidan 15,6 foiz yuqori.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.