Texnologiya

Nyu-York maktablarida sunʼiy intellektdan foydalanish cheklanadi

Ayrim topshiriqlarni tayyorlashda sunʼiy intellektdan foydalanishga faqat 9-sinfdan, yaʼni taxminan 13–14 yoshdan boshlab ruxsat etiladi.

Nyu-York maktablarida sunʼiy intellektdan foydalanishga cheklovlar joriy etiladi.

Nyu-York (AQSH) Taʼlim departamenti kichik va oʻrta maktab oʻquvchilariga oʻquv jarayonida sunʼiy intellektdan (SI) foydalanishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda Amerikaning Politico, The Daily News va The New York Times kabi ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ularning maʼlumotlariga koʻra, departament ushbu taqiqni 2-sentabr kuni eʼlon qiladi va u kelasi haftadan kuchga kiradi. Sunʼiy intellektdan ayrim topshiriqlarni tayyorlashda foydalanishga faqat 9-sinfdan, yaʼni taxminan 13–14 yoshdan boshlab ruxsat etiladi.

Manbalarning xabar berishicha, yangi qoidalar maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun taʼlim dargohlarida gadjetlardan foydalanishni ham cheklaydi. Yuqori sinf oʻquvchilariga ham oʻqishda sunʼiy intellektdan faqat "cheklangan" darajada foydalanishga ruxsat beriladi, biroq ular ayrim kurslarda va baʼzi topshiriqlarni bajarishda undan foydalanishlari mumkin boʻladi. Shu bilan birga, qoidalarda oʻquvchilarning sunʼiy intellektdan foydalanishi qanday nazorat qilinishi koʻrsatilmagan.

Avvalroq Nyu-York hukumati oʻquvchilarga bir qator topshiriqlarni, jumladan, tadqiqot va ijodiy loyihalarni tayyorlashda sunʼiy intellektdan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatni taqdim etgan edi. OAV yozishicha, bu koʻplab ota-onalar va jamoatchilik tanqidiga sabab boʻlgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.