Nukusda mehmonxona hududida yongʻin yuz berdi
8 sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali Nukus shahrida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushdi. Yongʻin Matika koʻchasidagi mehmonxona hududida joylashgan yordamchi binoda (basseyn) yuz bergan. Yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishgan. Soat 14:35 da yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida qoʻshimcha binoning taxminan 80 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Mutaxassislar sabablarini aniqlamoqdalar […]

Nukusda mehmonxona hududida yongʻin yuz berdi
8 sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali Nukus shahrida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushdi. Yongʻin Matika koʻchasidagi mehmonxona hududida joylashgan yordamchi binoda (basseyn) yuz bergan.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelishdi. Soat 14:35 da yongʻin toʻliq oʻchirildi.
Yongʻin natijasida qoʻshimcha binoning taxminan 80 kvadrat metr maydoni yonib ketgan. Jabrlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Mutaxassislar yongʻin sabablari va moddiy zarar miqdorini aniqlamoqdalar.

