Layfstayl

Noyabr oyining albatta ko‘rish kerak bo‘lgan 10 ta eng qiziqarli seriali (treyler)

Noyabr nafaqat kuzning so‘nggi iliq kunlari, balki yangi seriallar premyeralari bilan ham tomoshabinlarni xursand qiladi.

Noyabr oyida albatta ko‘rish kerak bo‘lgan 10 ta eng qiziqarli seriallar (treyler)

Drama, triller, romantika yoki detektiv janrlarini yoqtirasizmi — noyabr oyida har kim o‘z didiga mos loyiha topa oladi. Quyida noyabrda premyerasi kutilayotgan va tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmasligi kerak bo‘lgan 10 ta serialni jamladik.

**“Buyuk”**

AQSH.

Drama, biografiya, sport.

Rejissyorlar: Steysi Muhammad, Kreyg Sibels, Ben Uotkins.

Rollarda: Jaalen Best, Leysi Kreyton, Eymin Jozef, Jim Ched, Deyv Devis, Riko E. Anderson.

Jahon premyerasi: 4-noyabr.

Sport ixlosmandlari afsonaviy bokschi Muhammad Alini yaxshi bilishadi. Biroq uning asl ismi Kassius Kley bo‘lgan. U o‘rtahol oiladan chiqqani sababli shon-shuhrat cho‘qqisiga o‘z kuchi bilan ko‘tarilgan. Ali sportdagi faoliyatini oilaboshi va ota vazifasi bilan birga olib borishga majbur bo‘lgan, bu esa oson emasdi.

Muhammad Alining tarjimayi holi bir necha bor ekranlashtirilgan. Ular orasida 2001-yilda suratga olingan va Uill Smitga "Oskar" nominatsiyasini keltirgan "Ali" filmi eng mashhuri hisoblanadi. Yangi talqinda esa serial formati bokschining hayot yo‘lini yanada batafsilroq hikoya qilish imkonini beradi.

**“Yaxshi qiz”**

AQSH.

Triller, drama, kriminal.

Rejissyor: Stef Grin.

Rollarda: Megan Feyxi, Rouz Birn, Odri Greys Marshall, Li Perkins, Rey Pantaki, Jeyms Donadio.

Jahon premyerasi: 12-noyabr.

20 yil avval opa-singil Samanta va Sharlotta Kuinnlar oilasiga hujum uyushtirilgan edi. Ular hanuz bolalikda olgan ruhiy jarohatlari bilan yashab kelishadi. Paykvill shaharchasida jinoyat sodir bo‘lgach, advokat bo‘lib ulg‘aygan Sharlotta voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib boradi va surishtiruvni boshlaydi. Ammo bu ish uni ham, singlisini ham eng dahshatli xotiralariga qaytishga majbur qiladi.

Serial Karin Sloterning 2017-yilda chop etilgan shu nomdagi romaniga asoslangan. Adiba ko‘proq “Grant okrugi” va “Uill Trent” kitoblar turkumi muallifi sifatida tanilgan, biroq “Yaxshi qiz” asari hech bir turkumga kirmaydi. Sloterning o‘zi serial g‘oyasi muallifi bo‘lib, ekranlashtirish uchun ssenariyni ham yozgan.

**“12 12 12”**

AQSH.

Triller, drama, kriminal.

Rejissyor: Kari Skogland.

Rollarda: Entoni Maki, Jeymi Dornan, Yulius Feldmayer, Miklosh Beresh, Pit Bukovski, Xildegard Shredter, Merlin Leonxardt.

Jahon premyerasi: 13-noyabr.

Tajribali jinoyatchi Syurixdagi bank omboriga bosqin uyushtirishni rejalashtiradi. Uni to‘xtata oladigan yoki hech bo‘lmaganda iziga tushadigan yagona odam — FQB rahbariyatining g‘azabiga uchragan agent. Shu tariqa qonunning ikki tomonida turgan ikki professionalning qarama-qarshiligi boshlanadi.

Serial voqealari uchta vaqt oralig‘ida kechadi: o‘g‘ri jamoa to‘plab, reja tuzgan bosqindan oldingi 12 oy, jinoyat sodir etilgan 12 soat va FQB yovuz niyatli kimsalarni qo‘lga olishga urinadigan undan keyingi 12 kun.

**“Altruistlar”**

AQSH.

Drama, melodrama, kriminal, biografiya.

Rejissyorlar: Silver Tri, Jeyms Ponsoldt.

Rollarda: Juliya Garner, Pol Rayzer, Karan Soni, Aleks Louter, Robin Vaygert, Medison Xu.

Jahon premyerasi: 19-noyabr.

Sem Benkman-Frid aqlli va iste’dodli Kerolin Ellison bilan tanishib qoladi va tez orada ular o‘rtasida ishqiy munosabatlar boshlanadi. Shu bilan bir paytda Sem FTX kriptovalyuta birjasiga, Kerolin esa Alameda Research xedj-fondiga asos soladi. Mijozlar bu ikki kompaniya o‘zaro bog‘liq ekanini xayollariga ham keltirmaydi. Aynan shu holat qahramonlarni inqiroz va qamoqqa olib keladi.

**“Qazishmalar”**

AQSH.

Komediya, sarguzasht.

Rejissyorlar: Din Xollend, Rebekka Esher, Morgan Sekett.

Rollarda: Hyu Lori, Jeraldin Visvanatan, Emi Poler, Antoniya Tomas, Kayvan Novak, Maykl Shur.

Jahon premyerasi: 23-noyabr.

To‘rt nafar ayol Gretsiyadagi arxeologik qazishmalarda ishlaydi. Ularning har biri shaxsiy hayotida o‘ziga yarasha qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va bu g‘ayrioddiy sharoitga bejiz tushib qolmagan. Kunlarning birida ular tarix haqidagi odatiy tasavvurlarni o‘zgartirib yuboradigan noyob artefakt topib olishadi. Shu sabab qahramonlar xavfli sarguzashtga duch kelishadi.

Rollarda: Mishel Yeo, Xanter Shafer, Dimitri Abold, Tom Byork, Lyuis Gribben, Jonni Xarris, Uil Koban.

Jahon premyerasi: 25-noyabr.

“Tig‘ ustida yuguruvchi 2049” voqealaridan so‘ng Los Anjelesda replikantlar qo‘zg‘olon ko‘taradi va insonlar o‘zlarining mutlaq hokimiyatini boy beradi. Kora butun umri davomida ta’qibdan yashirinib yuradi, ammo keyinchalik o‘zi ham “tig‘ ustida yuguruvchi”ga aylanadi. U replikant Olven bilan kuchlarni birlashtirishiga to‘g‘ri keladi — ular birgalikda muhim bir ishni tergov qiladi.

Amazon “Tig‘ ustida yuguruvchi” olami asosida ilk badiiy serialni taqdim etmoqda — bungacha faqat to‘liq va qisqa metrajli filmlar hamda “Qora nilufar” animatsion loyihasi mavjud edi. Prodyuserlar qatorida original film muallifi Ridli Skott ham bor.

**“Qora kaptarlar”, 2-mavsum**

Buyuk Britaniya.

Ishlab chiqarilgan yillari: 2024-yildan hozirgacha.

Jangari, triller, drama, detektiv.

Rejissyorlar: Aleks Gabassi, Liza Ganning.

Rollarda: Kira Naytli, Ben Uishou, Sara Lankashir, Endryu Bakan, Endryu Koji.

2-mavsumning jahon premyerasi: 5-noyabr.

Josuslar haqidagi serial britaniyalik siyosatchining rafiqasi Helen Uebb va uning “Qora kaptarlar” tashkilotiga maxfiy ma’lumotlarni yashirincha yetkazib turgani haqida hikoya qiladi. Jazmani halok bo‘lgach, bosh qahramon eski do‘sti — sobiq yollanma qotil Sem Yang bilan qayta topishadi. Ular birgalikda bu ishning tagiga yetishga kirishadilar.

Serial davomida vaziyat yanada qaltis tus oladi, chunki Helenning eri bosh vazirga aylanadi, uning rahbari esa fitnalar sabab xavf ostida qoladi. Shu bois bosh qahramon Sem bilan yana birlashib, jinoiy va siyosiy mojarolar girdobiga sho‘ng‘iydi.

**“Institut”, 2-mavsum**

AQSH.

Ishlab chiqarilgan yillari: 2025-yildan — hozirgi kungacha.

Qo‘rqinchli, fantastika, triller.

Rejissyorlar: Jek Bender, Bred Tyorner.

Rollarda: Jo Friman, Ben Barns, Meri-Luiz Parker, Fionn Leyrd, Xanna Goluey, Julian Richings.

2-mavsumning jahon premyerasi: 8-noyabr.

Stiven Kingning shu nomdagi romani asosida suratga olingan ushbu serial g‘ayritabiiy qobiliyatlarga ega o‘smir Lyuk haqida hikoya qiladi. Uni o‘g‘irlab ketishadi va yigitcha xuddi o‘zi kabi bolalar ustida tajribalar o‘tkaziladigan institutga tushib qoladi. U yerdagi tengdoshlari bilan birga qochish rejasini tuzadi. Shu bilan bir vaqtda sobiq politsiyachi Tim yangi hayot boshlashga urinadi.

Birinchi mavsum kitobdagi voqealarni to‘liq qamrab olgan edi, shu bois serial davomi original ssenariy asosida bo‘ladi. Unda turli mamlakatlardagi bu kabi institutlar bilan bog‘liq fitnaning haqiqiy ko‘lami fosh etiladi. Katta ehtimol bilan, qahramonlar ushbu tashkilotlarni yo‘q qilishga urinishadi.

**“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari”, 3-mavsum**

AQSH, Yangi Zelandiya, Kanada.

Ishlab chiqarilgan yillari: 2022-yildan hozirgi vaqtgacha.

Fentezi, jangari, drama, sarguzasht.

Rejissyorlar: Sharlotta Brandstryom, Sanaa Xamri, Ueyn Yip.

Rollarda: Morfid Klark, Charli Vikers, Charlz Edvards, Ismael Kruz Kordova, Robert Aramayo, Robert Strenj, Markella Kavena.

3-mavsumning jahon premyerasi: 11-noyabr.

“Uzuklar hukmdori” prikvelida Ikkinchi davr voqealari haqida hikoya qilinadi. Voqealar rivoji ko‘plab qahramonlarni qamrab oladi: yovuzlikka qarshi kurashayotgan elf qiz Galadriel, yangi makonga yo‘l olgan va yo‘lda sirli darbadarga duch kelgan yungoyoqlar, qalin do‘stlar — gnom Durin va elf Elrond. Bularning barchasi Sauronning qaytishi va Mordorning paydo bo‘lishi fonida yuz beradi.

Ikkinchi mavsumda yovuz kuch hokimiyat uzuklari yaratilishiga erishdi, endi esa eng asosiy uzuk yasalishi kerak. O‘rta Yerda urush boshlanadi, Galadriel esa bedarak ketgan eri bilan ko‘rishadi — uning rolini “Ajabtovur ishlar” seriali orqali tanilgan Jeymi Kempbell Bauer ijro etadi.

**“Qovog‘arilar”, 4-mavsum**

AQSH.

Ishlab chiqarilgan yillari: 2021–2026-yillar.

Triller, drama.

Rejissyorlar: Bart Nikerson, Ben Semanoff, Eva Syorxyoug.

Rollarda: Melani Linski, Sofi Neliss, Jasmin Savoy Braun, Sofi Tetcher, Semmi Xanratti, Liv Xyuson.

4-mavsumning jahon premyerasi: 20-noyabr.

Eng qiziqarli trillerlardan biri o‘zining yakuniy mavsumiga chiqmoqda. “Qovog‘arilar” syujeti ikki xil zamonda rivojlanadi. 1996-yilda maktabning qizlar futbol jamoasi kimsasiz o‘rmonda aviahalokatga uchraydi. Asta-sekin omon qolganlar g‘alati kultga aylanadi. Hozirgi kunda esa o‘sha mudhish voqealardan omon chiqqanlarning ba’zilari o‘tmishdagi muammolariga ro‘baro‘ keladi.

To‘rtinchi mavsum hikoyaga to‘liq nuqta qo‘yishi kerak. Tomoshabinlarga qizlar qutqarilgandan so‘ng nimalar bo‘lgani va ular shuncha yil davomida nimani sir tutib kelganliklari so‘zlab beriladi. Ikkinchi syujet chizig‘ida esa barcha asosiy qahramonlar o‘z qilmishlari uchun javob berishadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.