Dunyo

Nobel jamgʻarmasi 2026-yilgi mukofot summasini oshirdi

Nobel jamgʻarmasi 2026-yilgi mukofot miqdorini oshirdi

Nobel jamgʻarmasi mukofot taʼsis etilganining 125 yilligi munosabati bilan 2026-yilda har bir yoʻnalish uchun beriladigan pul mukofoti hajmini ko‘paytirdi. Bu haqda jamgʻarmaning rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Mukofot summasi 1 million Shvetsiya kronasiga, yaʼni qariyb 101 ming dollarga oshirildi. Shundan soʻng laureatlar har bir yoʻnalish bo‘yicha 12 million krona — taxminan 1,2 million dollar oladigan bo‘ldi (ilgari mukofot miqdori 11 million Shvetsiya koronasi edi).

“Pul miqdorini oshirish orqali biz Nobel mukofotining uzoq muddatli ahamiyatini qoʻllab-quvvatlaymiz va vaqt oʻtsa-da, uning moliyaviy qiymati saqlanib qolishini taʼminlaymiz”, — dedi jamgʻarma ijrochi direktori Xanna Styorne.

Nobel mukofotlari ilk bor 1901-yilda topshirilgan. 2012-yilda jamgʻarma moliyaviy holatini mustahkamlash maqsadida pul mukofoti miqdorini kamaytirgan, keyinchalik esa uni bir necha bor oshirgan.

Nobel mukofoti yirik ilmiy tadqiqotlar, muhim kashfiyotlar, shuningdek kishilarning madaniyat yoki jamiyat taraqqiyotiga qoʻshgan katta hissasi uchun beriladi.

Alfred Nobel oʻz vasiyatida mukofotlarni besh yoʻnalish vakillariga topshirishni belgilagan: fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot, adabiyot hamda dunyoda tinchlikni qaror toptirishga hissa qoʻshish.

1968-yilda Shvetsiya Markaziy banki Alfred Nobel xotirasiga iqtisodiyot fanlari boʻyicha mukofotni ham taʼsis etdi.

2026-yilgi Nobel mukofoti laureatlari nomi 5–12-oktyabr kunlari eʼlon qilinadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.