Dunyo

Nikolas Keyjning 10,5 mln dollarlik hashamatli uyini yer “yutishi” mumkin

Nikolas Keyjning 10,5 mln dollarlik hashamatli uyi yer “yutishi” mumkin

Kaliforniyaning Malibu shahrida joylashgan Nikolas Keyjning uyi cho‘kib ketishi ehtimoli bor. 8-sentyabr kuni aktyor hovlisining yaqinida, kirish yo‘li o‘rnida diametri 9 metr bo‘lgan katta o‘ra paydo bo‘ldi, deb yozadi Page Six.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘pirilish qirg‘oq eroziyasi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Hodisa joyida gaz kompaniyasi xodimlari shikastlangan gaz quvurini tiklash bilan shug‘ullangan. Hozircha evakuatsiya e’lon qilinmagan, hech kim jabrlanmagan.

Keyj maydoni qariyb 370 kvadrat metr bo‘lgan ushbu hovlini 2024-yilda sotib olgan. Ko‘chmas mulk 10,5 million dollarga baholanadi. Uy okean bo‘yida joylashgan bo‘lib, tomida shaxsiy ayvon ham bor.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.