New York Times rahbari keksa qaynota-qaynonasi tomonidan otib oʻldirilgani aytilmoqda
Jonatan Makkinsining har ikkisi 77 yoshda boʻlgan qaynota va qaynonasi bir nechta ayblovlar, jumladan, birinchi darajali qotillik ayblovi bilan yuzma-yuz kelmoqda.

Nyu-York Tayms (The New York Times) rahbari Kaliforniyada oʻldirildi, u rafiqasining keksa ota-onasi tomonidan otib oʻldirilganlikda gumon qilinmoqda, ular qotillikda gumonlanib hibsga olingan.
Politsiyaning maʼlum qilishicha, shanba kuni tushdan keyin San-Frantsiskodan 35 mil (56 km) sharqda joylashgan Dublin shahridagi avtoturargohda gazetaning oʻyinlar boʻlimi muhandislik direktori, 40 yoshli Jonatan MakKinsi koʻplab oʻq otish jarohatlari bilan topilgan.
Uning qaynotasi va qaynonasi — 77 yoshli Shouyong Jang va Shili Chen birinchi darajali qotillikni oʻz ichiga olgan bir qancha ayblovlar bilan yuzma-yuz kelmoqda.
Er-xotinning advokati bor-yoʻqligi nomaʼlum va ular chorshanba kuni rasmiy ravishda ayblovlarga duch kelish uchun sudda hozir boʻlishlari kerak.
Nyu-York Tayms MakKinsining oʻlimini tasdiqladi.
Politsiyaning bildirishicha, uning jasadi payshanba kuni tushdan keyin soat 15:00 da (Grinvich boʻyicha 23:00) Dublin sport maydonchasi tashqarisida topilgan.
Guvohlar San-Frantsiskodagi KGO-TV telekanaliga oʻq ovozlarini eshitishganini va shundan soʻng jabrlanuvchini yerda yotganini koʻrishganini aytishdi.
«Men yigitning yerga yiqilganini koʻrdim: boshi va koʻkragi qonga belangan edi», — dedi guvoh Assad Razavi axborot agentligiga.
Uning qizi otasi er-xotinning «birga yurganini va keyin otishma joyidan xotirjam uzoqlashganini» koʻrganini qoʻshimcha qildi.
Guvohning soʻzlariga koʻra, er-xotin hujumdan keyin hududda qolishgan va bir necha daqiqadan soʻng voqea joyidan oʻtib ketayotgan politsiya xodimi tomonidan hibsga olingan.
Politsiya MakKinsi voqea joyida vafot etganini maʼlum qildi.
Qotillik sabablari politsiya tomonidan oshkor etilmagan.
Keksa er-xotin Santa-Rita qamoqxonasida saqlanmoqda. Ularga shuningdek, jinoiy til biriktirish, oʻqotar quroldan qoʻpol ehtiyotsizlik bilan qasddan oʻq uzish va bola hayotini xavf ostiga qoʻyish ayblovlari qoʻyilgan.

