Dunyo

Nepaldagi yangi suv toshqini bir nechta koʻprik va uylarni vayron qildi

Nepalning Budxi-Gandaki daryosidagi tabiiy toʻgʻon buzilishi oqibatida suv toshqini sodir boʻldi. Oʻzanidan chiqib ketgan daryo suvlari bir nechta koʻprik va oʻnlab uylarni yuvib ketdi hamda GES quruvchilarining lagerini vayron qildi.

Nepalda yuz bergan yangi suv toshqini bir nechta koʻprik va uylarni vayron qildi. Xabarlarga koʻra, daryo bo‘yida yashovchi qariyb 50 kishi qutqarilgan, besh kishi esa hanuz bedarak yo‘qolgan.

Mutaxassislar aytishicha, tabiiy to‘g‘on bir muddat avval Budxi-Gandaki daryosi oqib o‘tadigan darada yuz bergan tosh ko‘chkisi natijasida shakllangan. Suv to‘lib, bosim kuchaygani sabab to‘g‘on yorilib ketgan va kuchli oqim pastga qarab oqib tushgan.

Ikki soat ichida daryodagi suv sathi 2 metrdan 8,5 metrgacha ko‘tarilgan. Hukumat oqim yetib kelishidan 20-30 daqiqa oldin aholini ogohlantirishga ulgurgan, shundan so‘ng ko‘plab odamlar tepaliklarga chiqib olgan.

Toshqin GES quruvchilari qurilish materiallari va texnikani tashishda foydalanadigan Beyli ko‘prigini hamda bir nechta osma ko‘prikni vayron qilgan. Daryo bo‘yi bo‘ylab joylashgan elektr uzatish liniyalari va uylarni suv oqizib ketgan.

Bir necha kun avval Nepalda avgust oxirida yuz bergan suv toshqini qurbonlarini qidirish operatsiyasi yakunlangan edi. Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 1455 nafar deb e’lon qilingan, 5285 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.