Iqtisodiyot

Nega Toshkentda uylar narxi qayta baholandi? Sabablar, oqibatlar va soliqlarga taʼsiri haqida suhbat

Toshkent shahrida koʻp kvartirali uy va hovlilar narxlari qayta hisoblanib, bozorga yaqin narx shakllantirildi. 2 oy davomida mulkdorlar natija boʻyicha oʻz fikr va eʼtirozlarini bildirishi mumkin. Kun.uz ommaviy baholash yuzasidan aholida tugʻilayotgan savollarga Koʻchmas mulkni ommaviy baholash  milliy markazi rasmiylaridan javob oldi.

**Nega Toshkentda uylar narxi qayta baholandi? Sabablar, oqibatlar va soliqlarga taʼsiri haqida suhbat**

Poytaxtda koʻchmas mulkni ommaviy baholash ishlari oʻtkazildi. Endi baholashning dastlabki natijalari mulkdorlar uchun ochiq. Fuqarolar oʻz uy-joyi qanchaga baholanganini koʻrib, natija yuzasidan oʻz fikr va eʼtirozlarini my.gov.uz orqali bildirishlari mumkin. Bu jarayon faqat koʻp qavatli uylardagi kvartiralarga emas, balki hovli uy-joylarga ham tegishli. Yaʼni Toshkentda koʻchmas mulkka ega boʻlgan har bir fuqaro oʻz mulkining ommaviy baholash natijasini koʻrib chiqib, undagi maʼlumotlar yoki belgilangan qiymat bo‘yicha murojaat qilishi mumkin. Muhokamalar 5-sentabrdan boshlandi va yana 2 oy davom etadi.

Xoʻsh, nega koʻchmas mulk qayta baholandi? Uylarning qiymati qanday hisoblanmoqda? Baholashda xatolik boʻlsa, mulkdor uni qanday oʻzgartirishi mumkin? Va koʻpchilikni qiziqtirayotgan eng muhim savollardan biri — qayta baholash natijasiga koʻra mol-mulk soligʻi oshadimi?

- Eʼlon qilingan eng asosiy raqamlardan biri shuki, Toshkentda qariyb 600 mingta kvartiraning amaldagi kadastr qiymati 57,18 trillion soʻm, ommaviy baholashdan keyingi qiymati esa 426,17 trillion soʻm boʻlgani aytildi. Bu amaldagi qiymatdan 7,4 barobar farq qiladi. Nima uchun baholash oʻtkazilgani haqida gapirishdan oldin, avval shu tafovutni tushunib olaylik. Bunday farq qanday yuzaga keldi va uning asosiy sababi nimada?

- Toshkent shahrida bugungi kunda qariyb 605 mingta kvartira, yaʼni koʻp kvartirali xonadonlar ommaviy baholandi va aytganingizdek, ularning qiymati 7,4 barobarga oshdi. Bu natija nimadan kelib chiqdi? 2018-yilda dastlab bozorga yaqinlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Yaʼni 2018-yildan boshlab inventar qiymatdan kadastr qiymatiga oʻtilgan. Kadastr qiymati inventar qiymatga nisbatan toʻrt-besh barobar farq qilgan. Lekin u bugungi kundagi bozor dinamikasi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashishi, qurilish bozoridagi konyunktura oʻzgarishlari va iqtisodiyot hajmi oʻsishini aks ettirmagan. Ushbu amaldagi kadastr qiymatini aniqlash tartibiga muvofiq, faqatgina ushbu koʻchmas mulk obyektining qurilgan yili, devor materiali, qavatliligi inobatga olingan, ammo joylashuv joyi hisobga olinmagan. Yaʼni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan bir kvadrat metr uchun qatʼiy summa belgilangan. Eng katta miqdordagi summa bu 1 900 000, bir kvadrat metr uchun. Koʻrib turibmizki, bugungi kunda Toshkent shahrida 1 900 000 soʻmga bir kvadrat metr uy sotib ololmaysiz. Yangi uslubiyotimiz boʻyicha bozorga yaqin boʻlgan qiymatni aniqladik. Yaʼni amaldagi oldi-sotdi shartnomalari yoki riyeltor maʼlumotlariga qarab tahlil qilinganda, ushbu baho kelib chiqdi. Shu bois, siz aytgan 7,4 barobar farq yuzaga keldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.