Sport

“Neftchi” finlandiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Angliyaning “Brentford”, “Middlsbro”, “Bolton Uonderers” jamoalarida oʻynagan Markus Forss Finlandiya milliy jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

“Neftchi” finlandiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

“Neftchi” futbol klubi finlandiyalik hujumchi Markus Forss bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qildi. 1999-yilda tugʻilgan Forss markaziy hujumchi boʻlib, futbolchilik faoliyatining katta qismini Angliyada oʻtkazgan.

13 yoshida “Vest Bromvich Albion” akademiyasiga qoʻshilgan futbolchi “Brentford”, “Middlsbro”, “Bolton Uonderers” jamoalarida toʻp surgan.

Markus Forss Finlandiya milliy jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 2020-yilda ilk xalqaro uchrashuvida Fransiyaga qarshi maydonga tushib, debyutini gol bilan nishonlagan. Hozirga qadar milliy jamoa safida 21 ta uchrashuvda 2 ta gol qayd etgan.

“Neftchi” 14-sentabr kuni Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Iroqning “Eyr Fors” klubini qabul qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.