Mahalliy

Navoiyda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari kitob tarqatdi. Nega?

Mazkur loyiha Navoiy viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Navoiyda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari kitob tarqatdi. Nega?

Bir qarashda yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining bu xatti-harakatini kuzatib, hayron qoldik. Nega ular kitob tarqatishmoqda?

- Bunday profilaktik loyihaning faqat haydovchilar emas, harakat oqimi yuqori bo‘lgan, asosan, piyodalar ko‘p kesib o‘tadigan hududlarda ham tashkillashtirilayotgani diqqatga sazovor. Loyiha davomida harakatlanish davomida o‘zini namunali tutgan, amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari» talablariga rioya qilgan, o‘z majburiyatlarini a’lo darajada ado etgan piyodalar badiiy asarlar bilan siylanmoqda,-dedi Farrux Yakubov.

Ma’lum bo‘lishicha, kitoblar moped va skuter haydovchilariga ham «Vatanparvar» avtomaktabi bilan hamkorlikda «A» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishga doir tayyorlangan maxsus qo‘llanmalar tarqatilgan.

Mazkur loyiha Navoiy viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.