Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva YTHda halok bo‘ldi. YTH 15-avgust kuni tushda “Zarafshon-Tomdi” yo‘lida sodir bo‘lgan.

Navoiy viloyatida sud raisi yo‘l-transport hodisasida hayotdan ko‘z yumdi.
Jinoiy ishlar bo‘yicha Tomdi tuman sudi raisi Aziza Mirzayeva YTH qurboni bo‘ldi. Bu xabarni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fojiali hodisa 15-fevral kuni tushga yaqin "Zarafshon-Tomdi" yo‘lida yuz bergan. Aziza Mirzayeva Zarafshon shahridan Tomdi tumaniga ishga ketayotgan vaqtda YTHga uchrab, voqea joyida vafot etgan.
39 yoshli Mirzayeva Aziza Asatovna 2024-yil dekabr oyida Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tomdi tuman sudining raisi lavozimiga birinchi besh yillik muddatga tayinlangan edi. Marhuma ikki farzandning onasi bo‘lgan.
Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud Aziza Mirzayevaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.

