NASA Marsning yangi suratlarini eʼlon qildi
NASA Marsda faoliyat olib borayotgan Perseverance marsoxodi tomonidan 2026-yil sentabr oyida olingan yangi suratlarni eʼlon qildi. Kadrlarda Qizil sayyora manzaralari, uning sirti va togʻ jinslarini koʻrish mumkin.

NASA Marsning yangi suratlarini eʼlon qildi
Perseverance marsoxodi Marsni tadqiq etayotganiga besh yildan oshdi
NASA muntazam ravishda apparat olgan qayta ishlanmagan yangi tasvirlarni jamoatchilikka taqdim etib kelmoqda.
Perseverance 2020-yil iyul oyida Marsga uchirilgan va 2021-yil 18-fevralda sayyora sirtiga muvaffaqiyatli qoʻngan. Shundan beri marsoxod Qizil sayyorani oʻrganib, qadimda u yerda mikrob koʻrinishidagi hayot mavjud boʻlgan boʻlishi mumkinligini ko‘rsatuvchi izlarni izlamoqda.
Ayni paytda apparat Mars sirti, togʻ jinslari va atrof-muhitga oid ko‘plab tasvirlarni Yerga yuborib kelmoqda.
Perseveranceʼga jami 19 ta kamera oʻrnatilgan. Mars 2020 missiyasi doirasida Marsga yetkazilgan Ingenuity vertolyotida esa yana ikkita kamera boʻlgan. Umuman olganda, Mars 2020 missiyasi 25 ta kamera bilan jihozlangan.
Missiya davomida marsoxod va vertolyot tomonidan jami bir milliondan ortiq surat olingan. NASA ushbu tasvirlarning yangi qismlarini muntazam ravishda eʼlon qilib boradi.
Marsoxod kameralariga Marsning turli manzaralari, sayyora sirtidagi tosh va togʻ jinslari tushadi. Ayrim kadrlarda Perseveranceʼning ilmiy tadqiqotlar olib borishi va turli vazifalarni bajarish jarayoni ham aks etadi.
2026-yil sentabr oyida olingan yangi tasvirlar ham Mars sirtining oʻziga xos tuzilishi va Qizil sayyora landshaftini yaqindan koʻrish imkonini beradi.

