Dunyo

Nanotirannus skeleti auksionda 47 million dollarga sotildi

Bu tarixdagi ikkinçi eng qimmat qazilma hisoblanadi.

Nanotirannus skeleti auksionda 47 million dollarga sotildi

Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida tirannozavrning kichik qarindoshi bo‘lgan nanotirannusning (Nanotyrannus) noyob skeleti 47,3 million dollarga sotildi.

Shu tariqa u tarixdagi ikkinchi eng qimmat qazilma topilmaga aylandi.

Ushbu namunaga Jodi deb nom berilgan. Uning qiymati dastlab 6–9 million dollar atrofida baholangan edi. Auksionda narxning bu darajada oshib ketishiga skeletning holati sabab bo‘ldi: u bugungi kunda olimlarga ma’lum bo‘lgan nisbatan butun saqlangan uchta nanotirannus skeletidan biridir.

Jodining balandligi taxminan 2 metr, uzunligi esa 6 metr keladi. Toshqotgan qoldiq 2019-yilda montanalik fermer ayol Jodi Pirson tomonidan topilgan.

Nanotirannus uzoq vaqt davomida alohida tur sifatida emas, balki yanglishib yosh tirannozavr deb hisoblangan. Ularning qoldiqlari ilk bor 1940-yillardayoq topilgan edi. Tadqiqotchilar yaqindagina bu baribir alohida tur degan xulosaga keldi.

Sotilgan nanotirannusning narxi auksionda dinozavr skeleti uchun to‘langan rekord summadan atigi uch million dollarga kam. Joriy yilning iyul oyida Gas laqabli tirannozavr skeleti kimoshdi savdosida 50,1 million dollarga sotilgan edi. U shu kunga qadar topilgan eng yirik tirannozavrlardan biri bo‘lgan.

Toshqotgan qoldiqni sotib olgan shaxsning ismi noma’lum. Skelet unga barcha huquqlari bilan birga o‘tdi, bu esa xaridor uning nusxalarini muzey va kolleksionerlarga sotishi mumkinligini anglatadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.