Namangan viloyatidagi korxona gaz uskunalaridan ruxsatnoma xulosalarisiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
Namangan viloyatidagi korxona ruxsatnoma xulosalarisiz gaz uskunalaridan foydalangani uchun jarimaga tortildi Namangan tumanidagi «N.T.T.» korxonasi zarur xulosalarsiz texnik qayta jihozlangan gaz uskunalarini ishlatgani uchun BHMning 200 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda «Oʻzenergoinspektsiya» maʼlum qildi. Tekshiruv korxona yiliga 100 ming kub metrdan ortiq gaz isteʼmol qilishini koʻrsatdi. Shu bilan birga, u tegishli xulosalarsiz qayta jihozlangan gaz uskunalaridan foydalangan. Aniqlangan qoidabuzarlik uchun korxonaga nisbatan […] miqdorida jarima qoʻllanildi

Namangan viloyatidagi korxona gaz uskunalaridan ruxsatnoma xulosalarisiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
Namangan tumanidagi «N.T.T.» korxonasi tegishli xulosalarsiz texnik qayta jihozlangan gaz uskunalaridan foydalangani uchun BHMning 200 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda «Oʻzenergoinspektsiya» maʼlum qildi.
Tekshiruvda korxona yiliga 100 ming kub metrdan ortiq gaz isteʼmol qilishi aniqlandi. Shu bilan birga, u qayta jihozlangan gaz uskunalaridan tegishli xulosalarsiz foydalanib kelgan.
Aniqlangan huquqbuzarlik uchun korxonaga nisbatan 701-sonli qonunga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qoʻllanildi.

