Mahalliy

Namangan viloyatida qiymati 140 million dollardan ortiq boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi

Namangan viloyatida qiymati 140 million dollardan ortiq boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash zavodi quriladi

Namangan viloyatining Chust tumanida maishiy chiqindilarni qayta ishlash va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonasi qurilishi davom etmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 141,5 million dollarni tashkil etadi.

Loyiha "Zarafshon" mahallasi hududida Everbright Environmental Energy Namangan kompaniyasi tomonidan xitoylik investorlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Korxona ishga tushirilgach, yiliga 547,5 ming tonna maishiy chiqindini qayta ishlash va 310 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi. Ushbu hajmdan 254 million kilovatt-soatini elektr tarmoqlariga uzatish rejalashtirilgan. Mutaxassislarning maʼlumotlariga koʻra, bu miqdordagi elektr energiyasi qariyb 300 ming aholining yillik ehtiyojini qoplash uchun yetarli boʻladi.

Bundan tashqari, zavod 180 kishini doimiy ish bilan taʼminlaydi.

Avvalroq Chiqindilarni boshqarish va tsirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Oʻzbekiston hududlarida shu kabi 11 ta zavod qurilishini maʼlum qilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.