Namangan viloyatida Norin daryosi ustidan oʻtuvchi deyarli yarim kilometrlik koʻprik qurildi. Video

Namangan viloyatida Norin daryosi ustidan oʻtuvchi deyarli yarim kilometrlik koʻprik qurildi. Video
Namangan viloyatida Norin daryosi ustidan oʻtuvchi yangi koʻprik qurilishi yakunlandi. U bir yoʻla uchta tumanni viloyat markazi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻladi.
Inshootning uzunligi — 481,5 metr. Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida daryolar ustida qurilgan eng yirik va eng uzun koʻpriklardan biridir.
Yangi yoʻnalish Uychi, Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlarini Namangan shahri bilan bogʻladi. Shu bilan birga, loyiha doirasida 17,5 kilometrlik yangi avtomobil yoʻli ham qurildi.
Transport vazirligi yangi infratuzilma Uychi va Norin tumanlaridagi yoʻllarni tirbandlikdan xalos qilishga hamda yoʻl-transport hodisalari xavfini kamaytirishga yordam berishini kutmoqda.
Bundan avval mahalliy aholi, jumladan, maktab oʻquvchilari kanalni quvurlar orqali kesib oʻtishga majbur boʻlishayotgan edi.

