Norin daryosi ustidagi 481,5 metrlik yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi
Namangan viloyatida Norin daryosi ustidagi 481,5 metrlik yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi. Inshoot Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘laydi. Ta’kidlanishicha, ko‘prik Namangan-Andijon avtomobil yo‘lida transport oqimi va tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Norin daryosi ustidagi 481,5 metrlik yangi ko‘prik qurilishi nihoyasiga yetdi
Namangan viloyatida Norin daryosi ustida Uychi, Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini viloyat markazi bilan bog‘laydigan, qiymati 62 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘prik qurilishi yakunlandi.
“Uzunligi 481,5 metr bo‘lgan mazkur ko‘prik mustaqillik yillarida O‘zbekistonda daryo ustida qurilgan eng yirik va uzun inshootlardan biri hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.
Loyiha doirasida jami 17,5 kilometr yangi avtomobil yo‘li ham quriladi. Hozirda Uchqo‘rg‘on tumani hududidan ko‘prikka olib boruvchi yangi yo‘lni barpo etish ishlari davom etmoqda.
Boo‘qarmaning ma’lum qilishicha, ko‘prik va yangi yo‘l foydalanishga topshirilgach, davlat ahamiyatidagi D 109 (4R 116) Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Haqqulobod-Andijon avtomobil yo‘lida transport oqimi va tirbandliklar kamayadi.
O‘shanda ko‘prikning qiymati 53,6 mlrd so‘m ekani aytilgandi.
2020-yilda Farg‘ona halqa yo‘lining 93-kilometrida joylashgan hamda ikki tumanni viloyat markazi bilan bog‘lab turuvchi “Norindaryo” ko‘prigida darz ketish alomatlari aniqlangach, u vaqtincha yopilgan. Mazkur ko‘prik 1962-yilda foydalanishga topshirilgan. Bundan bir necha yil oldin minglab fuqarolar ishga, o‘qishga, bozorga hamda boshqa ehtiyojlari uchun daryoni qayiq orqali kesib o‘tishga majbur bo‘layotgandi.
Daryo yopiq bo‘lgan paytda esa Norin tumanida daryoni kesib o‘tish uchun vaqtinchalik ko‘prik qurilgan.
Oradan 6 oy o‘tgach, qurilish ishlari yakunlanib, 1-noyabr kuni yangi ko‘prik foydalanishga topshirilgan.

