Mahalliy

Namangan viloyatida deyarli 6 milliard soʻmlik noqonuniy dori-darmon ombori aniqlandi. Video

Namangan viloyatida deyarli 6 milliard soʻmlik noqonuniy dori ombori aniqlandi. Video

Namangan viloyatining Uychi tumanida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy moʻljallanayotgan qiymati 5,6 milliard soʻmlik 68 mingga yaqin dori vositalari saqlanayotgan yashirin ombor topildi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga koʻra, tezkor tadbir idoraning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona boshqarmasi va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Ombor yashash uchun moʻljallanmagan binoning yordamchi xonasida joylashgan edi. Idora maʼlumotlariga koʻra, uni farmatsevtika mahsulotlari sotish boʻyicha xususiy korxona rahbari va xodimi boʻlib ishlagan 43 va 40 yoshli ikki aka-uka tashkil etgan.

Binoni koʻzdan kechirish chogʻida kelgusida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan 412 nomdagi 67 923 dona dori vositalari aniqlandi. Preparatlar belgilangan protsessual tartibda olib qoʻyildi.

Hozirda sud-kimyoviy va tovaroshunoslik ekspertizalari tayinlangan. Fakt boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.

Oldinroq Namangan viloyatida sifat sertifikatlarisiz noqonuniy olib kirilgan dori-darmonlar saqlangan beshta yashirin ombor aniqlangan edi. Oʻshanda olib qoʻyilgan mahsulotlarning umumiy qiymati 5,2 milliard soʻmga baholangandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.