Layfstayl

MrBeast Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

MrBeast taxallusi bilan mashhur boʻlgan 28 yoshli amerikalik bloger Jimmi Donaldson Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi taklifiga binoan Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Jamgʻarma xabariga koʻra, u 9 oktyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan ommaviy tadbirda muxlislari bilan uchrashadi.

MrBeast Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Tadbirda ishtirok etish bepul boʻladi. Tashrif buyuruvchilar roʻyxatdan oʻtgan va belgilangan talablarga javob beradigan ishtirokchilar orasidan kompyuterlashtirilgan tasodifiy tanlov orqali saralab olinadi.

Ishtirok etish uchun Toshkentdagi tadbirda shaxsan qatnasha oladigan 18 yoshdan katta boʻlgan shaxslar taklif etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.