Modi – Putinga: “Urushning har bir kuni insoniyatni orqaga tortyapti”
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Bishkekda oʻtayotgan Shanhay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrasharkan, uni yana bir bor Ukraina bilan urushni toʻxtatishga chaqirdi.

Modi Putinga: "Urushning har bir kuni insoniyatni ortga tortmoqda"
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Bishkekda boʻlib oʻtayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda uni yana bir bor Ukraina bilan urushni tugatishga chaqirdi.
"Urushning har bir kuni insoniyatni ortga tortmoqda. Harbiy harakatlarni tugatishga oʻtish kerak", – deya Modining soʻzlarini keltirdi "Interfaks".
Hindiston va Rossiya yetakchilari Vladimir Putinning 2025-yil dekabrida Hindistonga amalga oshirgan davlat tashrifidan buyon ilk bor yuzma-yuz uchrashdilar. Ular oʻzaro muloqotini shu oy Dehlida boʻlib oʻtadigan BRIKS sammitida ham davom ettiradilar.
Narendra Modi Vladimir Putinni Ukrainadagi urushni toʻxtatishga bundan avval ham omma oldida ochiqchasiga daʼvat qilgan.
"Bugungi davr urush davri emas. Biz siz bilan telefon orqali ham koʻp marta gaplashganmiz: demokratiya, diplomatiya va muloqot – dunyoga taʼsir qiladigan vositalardir", – degandi Modi 2022-yilda ShHTning Samarqand sammitida.
"Bombalar, qurollar va oʻqlar sharoitida muammoga yechim topish va tinchlik boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatli boʻlishi imkonsiz", – degandi u 2024-yilda Moskvaga tashrifi vaqtida.
Hindiston yetakchisi oʻsha yili Kiyevga tashrifi vaqtida ham tomonlarni dialog va diplomatiya orqali masalaga yechim topishga chaqirgandi.

