Misr malikasi Nefertiti qabrining taxminiy joylashuvi aniqlandi

Misr malikasi Nefertiti qabrining taxminiy joyi aniqlandi
Misrning sobiq qadimiy yodgorliklar vaziri Mamduh al-Damati rahbarligidagi arxeologlar guruhi Tutanxamon maqbarasi devorlari ortida yashirin xonalar borligiga doir yangi dalillarni aniqladi. Nature jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, shu xonalardan birida malika Nefertitining qabri bo‘lishi mumkin.
“To‘plangan ma’lumotlar kamida bitta qo‘shimcha xona mavjudligini ko‘rsatmoqda”, deyiladi tadqiqotchilar hisobotida.
Olimlar Qirollar vodiysidagi 3400 yillik maqbara atrofini tekshirish uchun ilk bor gravimetrik suratga olish usulidan foydalandi. Bu usul tuproq zichligidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. U maqbara ichidagi radar bilan birga qo‘llangan.
Tadqiqot natijalari sentyabr oyi boshida Misr qadimiy yodgorliklar oily kengashiga taqdim etilgan. Agar tashkilot ruxsat bersa, guruh kameralar yordamida hududni o‘rganishni davom ettiradi.
Arxeologlar ta’kidlashicha, yashirin majmua Nefertitining qabri bo‘lib chiqmasa ham, bu topilma katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘ladi. U Amarna oilasi va fir’avn Axenatenning yaqinlari bilan aloqalarni o‘rganishga yordam beradi.
2022-yilda misrshunos Zahi Havass malika Nefertitining uzoq vaqt yo‘qolgan qoldiqlari topilganini e’lon qilgan edi.

