Mish-mishlarmi yoki haqiqat: turk seriallari suratga olish maydonchasidagi janjallar

Mish-mishmi yoki haqiqat: turk seriallari suratga olish maydonchasidagi mojarolar
Turk seriallari ishqibozlari uchun kutilmagan tortishuvlar faqat ekran asarlarining o‘zida emas, balki ba’zan ularning suratga olish maydonchalarida ham yuz berishi hech kimga sir emas. Bunday xabarlar orasida asossiz mish-mish bo‘lib chiqadiganlari ham uchrab turadi.
Bu yerda muxbirlar qizg‘in muhokama qilgan birdaniga ikkita shov-shuvli voqea yuz bergan. Birinchisi Berguzar Korelning Xalit Ergenchga uyushtirgan rashk sahnasi bilan bog‘liq. O‘shanda Xurram va Sulaymon ishtirokidagi sahna yozib olingan kadrlarni ko‘rgan Berguzar “haqiqiy tuyg‘ularsiz bunday muhabbatni o‘ynab bo‘lmaydi”, degan. Er-xotin bu xabarni inkor etgan bo‘lsa-da, muxbirlar ancha vaqtgacha tinchishmadi. Bundan tashqari, oradan bir muncha vaqt o‘tgach, ayrim blogerlar Ibrohim poshoning qatl sahnasi suratga olinayotganda Xalit Ergench va Okan Yalabik mushtlashib ketganini da’vo qilishdi. Go‘yoki aktyorlar serialdagi voqealar rivojiga turlicha qarashgani sababli bir to‘xtamga kela olishmaganmish. Berguzarning rashk qilganiga ishonsa bo‘lar, ammo Xalit bilan Okanning mushtlashuviga ishonish qiyin.
Avvaliga serialni Sibel Tashchiog‘lu tark etdi, shundan so‘ng matbuotda uning Feyza Jivelek bilan urishib qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq Sila Turko‘g‘li va Emrah Altintoprakning ketishi ortidan ham shunday mish-mishlar paydo bo‘ldi. Aktyorlarning o‘zlari bu borada indashmagan, faqat Feyza intervyularidan birida OAVda e’lon qilinayotgan xabarlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan. Biroq ko‘pchilik prodyuser Faruk Turgut ssenariychi Melis Jivelekni xafa qilib qo‘yishdan haddan tashqari qo‘rqadi va shu sababli uning serialdan muhim qahramonlarni olib tashlashiga yo‘l qo‘yadi, deb hisoblaydi. Prodyuserning o‘zi esa bunday gaplarni inkor etadi.
Bir paytlar mashhur bo‘lgan ushbu serialning suratga olish jarayonidayoq Bahor Shahin va Mine Tugay o‘rtasidagi munosabatlar tarang ekani haqida mish-mishlar yurardi, biroq uzoqqa cho‘zilgan mojaroning barcha tafsilotlari o‘tgan yiligina ma’lum bo‘ldi. Bahor hamkasbini muntazam ravishda kamsitish va haqorat qilishda ayblab, uning ustidan bir necha bor shikoyat qilganini ham ma’lum qildi. Tugay yosh aktrisaning so‘zlarini rad etishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi: Shahin arizalari nusxalarini e’lon qilib, endi jim turmasligini aytdi. Prodyuserlik kompaniyasi hech qanday bayonot bermadi, mashhurlar esa o‘zaro munosabatlariga oydinlik kiritishda davom etdi.
Jurnalistlarning yozishicha, Kivanch suratga olish jarayonida Fahriyaning xatti-harakatlaridan juda norozi bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Evjen atrofdagilarga xizmatkorlardek muomala qilgan, Tatlitug‘ning o‘zi esa bunday munosabatni nomaqbul deb hisoblaydi. Turk aktyori hech qanday balandparvoz bayonotlar bermadi, shunchaki bundan buyon Fahriya bilan birga suratga tushmasligini ma’lum qildi.
Ushbu mashhur loyihaning ikkinchi mavsumini suratga olish jarayonida yuz bergan bir hodisa sud jarayonlari bilan yakunlandi. O‘shanda rekvizitlar tayyorlash bilan shug‘ullangan suratga olish guruhi a’zolari Burak O‘zchivitni sudga bergan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bir kuni Burak chodirdan chiqib, ishchilar oldiga kelgan va qo‘pol ohangda, behayo so‘zlar ishlatib, ularning ishini tanqid qila boshlagan. Jabrlanganlar sudga murojaat qilishdi, biroq uzoq davom etgan sud jarayonidan so‘ng O‘zchivit aybsiz deb topildi. Turk aktyorining o‘zi esa voqea bo‘lganini, ammo hech qachon hech kimni haqorat qilmaganini ta’kidlagan.
Boran rolini ijro etgan Burch Kumbetliog‘lu ikkinchi mavsum suratga olinayotgan paytda katta janjal ko‘tarib, rejissyorlar va prodyuserlarni nomunosib xatti-harakatlarda ayblagan. Serial muxlislari aktyorning o‘ziga ham oson kechmaganini yaxshi bilishadi: ayrim tomoshabinlar aktyorni uning qahramonidan ajrata olmay, Burchning o‘zi haqida dahshatli izohlar qoldirishgan. “Olis shahar” serialining rasmiy sahifasida Boran Alboraning boshqa qahramonlardan tarsaki yeyotgani aks etgan lavhalardan iborat qisqa video e’lon qilingach, vaziyat yanada keskinlashdi. Boranning tanqidchilari bundan xursand bo‘layotgan bir paytda, Kumbetliog‘lu o‘ziga qarshi misli ko‘rilmagan nafrat to‘lqiniga duch keldi. Tanqidlar va o‘lim tilaklari oqimi shu qadar kuchli bo‘ldiki, turk aktyori prodyuserlar bilan janjallashib, hatto ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasini ham yopib qo‘ydi. Biroq loyiha ijodkorlari ham, aktyorning o‘zi ham bu da’volarga izoh berishmadi.

