Mahalliy

Mirziyoyev bolalarni kiberbulling va internetdagi ekspluatatsiyadan himoya qilishni kuchaytirishga chaqirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni yaratish boʻyicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirishni taklif etdi. U, shuningdek, qarorlar qabul qilishda bolalarning oʻzlarining fikrini hisobga olish zarurligini taʼkidladi. «Biz kiberbulling, bolalarni ekspluatatsiya qilish va ularning shaxsiy maʼlumotlarini suiisteʼmol qilishga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishimiz kerak», — deyiladi davlat rahbarining Butunjahon farovonlik sammiti ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatida […]

Mirziyoyev bolalarni kiberbulling va internetdagi ekspluatatsiyadan himoya qilishni kuchaytirishga chaqirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish yoʻlida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash tashabbusi bilan chiqdi. U, shuningdek, qarorlar qabul qilishda bolalarning oʻzlarining fikrini hisobga olish zarurligini taʼkidladi.

«Biz kiberbulling, bolalar ekspluatatsiyasi va ularning shaxsiy maʼlumotlarini suiisteʼmol qilishga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishimiz kerak», — deyiladi davlat rahbarining Samarqanddagi Bolalar farovonligi masalalari boʻyicha butunjahon sammiti ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatida.

Mirziyoyev taʼkidlaganidek, bolalar oʻz hayotiga taʼsir qiluvchi qarorlar va xizmatlar haqida oʻz fikrini erkin va xavfsiz bildirish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bunday ishtirok ixtiyoriy boʻlishi va bolaning yoshiga mos kelishi lozim.

Prezident, shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tajriba almashish va qoʻshma tashabbuslarni tayyorlash uchun Samarqand platformasini rivojlantirishni taklif etdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.