Siyosat

“Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!” — prezident

Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari esa ikki marta mas’ullar ishtirokida migratsiya masalalarini ko‘rib chiqadi. Xorijda ishlash istagidagi har bir fuqaroning kasbiy va til tayyorgarligi hamda ishga joylashishi nazorat qilinadi.

“Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!” — prezident

Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Xalqaro mehnat bozorida yirik rekruting kompaniyalari ish beruvchilar bilan malakali mutaxassislar o‘rtasidagi muhim bog‘lovchiga aylangan.

Shunday kompaniyalar O‘zbekistonda ham mutaxassislarni o‘zlari tayyorlab, bevosita ishga joylashtirishi uchun sharoit yaratish zarur. Kelasi yil mamlakatimizda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

Joriy yilda 34 ta davlatda 287 ming kishini ishga joylashtirish imkoniyati mavjud. Biroq bu imkoniyatlar haqida odamlar yetarlicha xabardor emas, Migratsiya agentligi bilan “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi aloqa ham samarali yo‘lga qo‘yilmagan.

“Shu bois, mazkur tizimni ham o‘zgartiramiz. Migratsiyada bizga raqam emas, sifat kerak!”, – dedi prezident.

Xorijdagi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumot har bir mahallagacha yetib borishi lozim. Prezident har bir buyurtma bo‘yicha qaysi mamlakatda qanday mutaxassisga talab borligi, qayerda o‘qish va qaysi tilni bilish zarurligini aniq ko‘rsatib berish vazifasini qo‘ydi.

“Mahalla yettiligi” chet elda ishlashni istagan fuqarolarga bu imkoniyatlarni tushuntirib, nomzodlarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va mas’ul tashkilotlar ularni kasb hamda til bo‘yicha maqsadli tayyorlash, so‘ng ishga joylashtirish uchun javob beradi.

Viloyat hokimlari har oyda bir marta, tuman hokimlari esa ikki marta migratsiyaga mas’ullar va “yettilik” ishtirokida ish natijalarini ko‘rib chiqadi. Har bir nomzodning tayyorgarligi va ishga joylashishi yuzasidan talabchan nazorat o‘rnatiladi.

Prezident ta’kidlaganidek, xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlarini ochish uchun ish beruvchilar bilan kelishuvning o‘zi yetarli emas. Rivojlangan davlatlar bilan faol iqtisodiy diplomatiya olib borib, kvotalar, ishchi vizalar va malakani tan olish masalalarini izchil hal qilish kerak.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.