Meta foydalanuvchilar maʼlumotlari maxfiyligi boʻyicha «yolgʻonlari» uchun 25 milliard dollar jarimaga tortildi
Jarima Facebook egasiga nisbatan shu kungacha qoʻllanilgan eng yirigi boʻlib, Kaliforniya bilan tuzilgan 18 milliard dollarlik kelishuvdan ham kattadir.

Meta foydalanuvchilar maʼlumotlarining mahfiyligi boʻyicha «yolgʻonchiligi» uchun 25 milliard dollar jarimaga tortildi
Facebook, Instagram va WhatsApp egasi boʻlgan kompaniya oʻz biznes amaliyoti sababli yana bir yirik jarimaga tortildi.
Nyu-Meksiko shtati federal sudyasi chorshanba kuni Meta kompaniyasiga 25 milliard dollar (18,6 milliard funt sterling) toʻlash majburiyatini yukladi. Bunga shu yil boshida boʻlib oʻtgan ikki haftalik sud jarayonida kompaniya yillar davomida Facebook foydalanuvchilarining maʼlumotlarini qanday boshqargani va nazorat qilgani borasida jamoatchilikni qasddan chalgʻitib kelgani aniqlangani sabab boʻldi.
«Yolgʻon nafaqat Facebook’ning maʼlumotlar bilan ishlash amaliyotiga, balki uning asosiy biznes amaliyotining mohiyatiga ham tegishlidir», dedi sudya.
Bu juda koʻp jarimalarga tortilgan yoki joriy yilda bir qancha boshqa sud daʼvolari boʻyicha kelishuvga erishgan Meta uchun shu kungacha qoʻllanilgan eng yirik jarimaga aylandi. Bu daʼvolar orasida Kaliforniya shtati bilan tuzilgan 18 milliard dollarlik kelishuv ham bor.
Sudya Frensis Metyu oʻz qarorida yuqori lavozimli rahbarlar, jumladan Mark Tsukerberg oʻrtasidagi yozishmalar «jamoatchilikni chalgʻitish uchun moʻljallanganini» yozgan.
Shtat qonunchiligining minglab buzilishlariga asoslangan Meta’ga qarshi toʻliq jarima miqdori 219 milliard dollarga baholangan boʻlsa-da, sudya Metyu uni 25 milliard dollargacha kamaytirdi.

