«Men bunga yoʻl qoʻya olmasdim» – hindistonlik uchuvchi nimalar boʻlganini aytib berdi
Flydubai reysi kapitani Smit Machchhar oʻziga keldi va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoqoʻngʻiroq orqali gaplashdi.

«Men bunga yoʻl qoʻya olmasdim» – hindistonlik uchuvchi nimalar boʻlganini aytib berdi
Flydubay aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga yoʻl olgan FZ1073 reysi falokat bilan tugashiga oz qolgan: ikkinchi uchuvchi kapitanga pichoq bilan tashlangan, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, u samolyotni qulatmoqchi boʻlgan. Bortda 174 nafar yoʻlovchi boʻlib, ularning aksariyati Isroil fuqarolari edi. Yoʻlovchilar ekipaj aʼzolari bilan birga ikkinchi uchuvchini zararsizlantirib, samolyotni yerga qoʻndirishga muvaffaq boʻlishgan. Biroq ular vaziyatga faqat yarador kapitan Smit Machchharaning jasorati tufayli aralasha olishgan — u yaralanganiga qaramay, kabina eshigini ochib bergan.
Flydubay aviakompaniyasi samolyoti kapitani, hindistonlik Smit Machchhar Dubaydan Tel-Avivga parvoz chogʻida ikkinchi uchuvchi tomonidan uyushtirilgan hujumdan omon qolib, shifoxonada oʻziga kelgan va roʻy bergan voqea haqida ilk bor gapirgan. U Abu-Dabidagi shifoxonadan turib Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan videoaloqa orqali suhbatlashgan.
Machchhar ikkinchi uchuvchining hujumidan soʻng polda yarador holda yotganini va samolyot qulayotgandek tuyulganini eslaydi. Shunda u soʻnggi kuchini yigʻib, kabina eshigini ichkaridan ochishga urinadi.
Machchhar oʻzi jon talvasasida boʻlsa ham, u bilan birga boshqa odamlar ham halok boʻlishi mumkinligini anglab turganini aytgan:
Oʻshanda oʻz hayotim uchun kurashayotgandim. Men yiqildim va agar oʻrnimdan turmasam, nima boʻlishini tushundim. Ogʻir yaralangandim, ammo boshqalar ham halok boʻlishiga yoʻl qoʻya olmasdim... Men 17 yillik ish stajiga ega uchuvchiman, 11 yldan buyon kema kapitaniman. Men samolyotda nima boʻlayotganini koʻzimni yumib turgan holda ham bilaman.
Polda yotganimda samolyot shoʻngʻiyotganini tushunib turardim. Shunda oʻzimga dedim: bu soʻnggi chora, Smit. Eshik yonginangda, shunchaki uni ochib yubor. U meni uyoqdan buyoqqa tortayotganiga qaramay, men buni uddaladim va odamlar kirib kelishdi.
U yordam bergan barcha odamlar bu ishga oʻzining muhim hissasini qoʻshganini taʼkidlagan.
Modi Machchharni «mardligi, bardoshi va tezda qaror qabul qilgani» uchun maqtadi va bu qarori juda koʻp insonlar hayotini saqlab qolganini taʼkidladi.
Butun mamlakat faxr bilan aytishi mumkin: «biz odamlarni hayotdan mahrum etuvchi emas, ularni qutqaruvchi hindistonliklarmiz».
Smit unga qoʻngʻiroq uchun minnatdorchilik bildirgan:

