Dunyo

MDHdagi 1-raqamli oliygohda tahsil oliş: Nazarbayev University Özbekiston talabalari uçun qanday imkoniyatlarni taklif etadi?

MDHdagi 1-raqamli oliygohda tahsil olish: Nazarbayev University O‘zbekiston talabalari uchun qanday imkoniyatlarni taklif etadi?

Nazarbayev University (NU) ilk bor Times Higher Education World University Rankings 2027 nufuzli reytingida MDH mamlakatlari universitetlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Taʼkidlanishicha, bu xalqaro akademik standartlar asosida ingliz tilida taʼlim olish, zamonaviy ilmiy-tadqiqot uskunalaridan foydalanish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarida qatnashishga sharoit hozirlaydi.

Nazarbayev University maʼlumotlariga ko‘ra, oliygoh bitiruvchilarining ishga joylashish darajasi 95 foizdan yuqori. Ular Qozog‘iston va xorijdagi mehnat bozori, jumladan, Google, Microsoft, Amazon va Meta kabi xalqaro kompaniyalar, shuningdek, boshqa yirik tashkilotlarda ish topmoqda.

Ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish, xalqaro akademik muhitda tahsil olish va o‘z loyihalarini rivojlantirish imkoniyati bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi. Ayrim bitiruvchilar xorijda o‘qishni davom ettiradi. NU bitiruvchilari Ayvi ligasi universitetlari, shuningdek, Stanford University, Massachusetts Institute of Technology (MIT), University of Oxford va dunyoning boshqa yetakchi oliygohlariga grant asosida o‘qishga qabul qilinmoqda.

Nazarbayev University talaba va bitiruvchilari nafaqat bilim olish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishi, balki o‘z texnologik loyihalarini ham rivojlantirishi mumkin. Oliygoh ekotizimi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi va jamoalarning xalqaro bozorga chiqishiga ko‘maklashadi.

NU bilan bog‘liq 18 ta startap Stanford universiteti hamjamiyati ishtirokida tashkil etilgan StartX akseleratsiya dasturidan o‘tgan. Mazkur natija texnologik jamoalar uchun o‘z g‘oyalarini rivojlantirish va xalqaro tadbirkorlik muhitida tajriba orttirish imkoniyatidir. Bunga misollardan biri bozor qiymati 5,4 milliard dollarga baholanayotgan Qozog‘istonning ilk texnologik “yakkashoxi” — Higgsfield AI startapidir. Universitet maʼlumotlariga ko‘ra, startap jamoasining 90 foizini NU talabalari va bitiruvchilari tashkil etadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.