Mbappe «diktator» haqidagi hazili tufayli Xitoyda boykotga uçradi
«Real» hujumçisi va Fransiya milliy jamoasi sardori Kilian Mbappe Xitoyda mojaro markazida qoldi. Bunga uning yuzi Xitoy yetakçisi tasviriga qöyilgan mem haqidagi gaplari sabab böldi. Bunga javoban keskin çoralar körildi: homiylar futbolçi bilan hamkorlikni töxtatdi, uning Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari bloklandi, Xitoy Taşqi işlar vazirligi esa vaziyatga munosabat bildirdi.

Mbappe «diktator» haqidagi hazili sabab Xitoyda boykotga uchradi
Mojaroga Fransiyaning The Bridge podkastidan olingan lavha sabab bo‘ldi. Unda futbolchi o‘zi haqidagi eng kulgili mem haqida so‘zlab bergan. U o‘z yuzi, aftidan «Xitoy diktatori» deb atagan inson tasviri bilan birlashtirilgan rolik haqida gapirgan. Mbappe Xitoyning sobiq raisi Mao Szedun ismini tilga olmagan, biroq Xitoyda bu so‘zlar zamonaviy davlat asoschisini haqoratlash deb qabul qilindi.
Shartnomalar bekor qilinganini birinchi bo‘lib Dongpeng (Eastroc) ichimliklar kompaniyasi va sut mahsulotlari giganti Mengniu e’lon qildi. Shundan so‘ng pishloq ishlab chiqaruvchi Milkground kompaniyasi ham hamkorlikdan bosh tortdi. Bu voqealar fonida Shanxay birjasida Eastroc aksiyalari 4,1 foizgacha tushib ketdi, Gonkongda esa Mengniu taxminan 3 foiz yo‘qotdi.
Cheklovlar media sohasiga ham ta’sir qildi. Xabarlarga ko‘ra, CCTV telekanali o‘yinchi ishtirokidagi reklamalarni efirdan olgan, u qatnashgan o‘yinlar namoyishini to‘xtatgan va Weibo’dagi sahifasidan u bilan bog‘liq postlarni o‘chirib tashlagan. Mbappening har biri millionga yaqin obunachiga ega Weibo va Xiaohongshu tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga qoidabuzarlik haqida belgi qo‘yilib, ular cheklab qo‘yildi. Dongqiudi sport portali esa futbolchining so‘zlarini Xitoy uchun haqoratli deb atab, ularni tarjima qilishdan bosh tortdi.
27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Go Szyakunga ushbu mojaro yuzasidan savol berildi. U xitoyliklarning his-tuyg‘ulariga tegadigan so‘z va xatti-harakatlar muqarrar ravishda butun jamiyatning yakdil qarshiligiga uchrashini ta’kidladi. Biroq diplomat qandaydir aniq choralar haqida gapirmadi.
O‘sha kuniyoq Mbappe o‘z so‘zlaridan ranjigan barchadan uzr so‘radi va bu izohi noo‘rin bo‘lganini tan oldi.

