Maskning yangi maqsadi SpaceX'ni NASA'dan uzoqlaştirmoqda
AQŞning kosmik dasturlarida asosiy tayançga aylangan SpaceX yangi davlat buyurtmalariga tobora kamroq qiziqiş bildirmoqda. Kompaniya amaldagi şartnomalarini bajarişda davom etayotgan bölsa-da, uning kelgusi rejalarida ustuvor yönalişlar özgaryapti. Ars Technica şarhlovçisi Erik Berger bu burilişni Ilon Maskning Yerda va kosmosda sunʼiy intellekt sohasida ustunlikka erişiş istagi bilan boğlamoqda.

Maskning yangi maqsadi SpaceX’ni NASA’dan uzoqlashtirmoqda
Amerikalik jurnalist va kosmik soha sharhlovchisi Erik Berger yangi maqolasida SpaceX bilan AQSh hukumati o‘rtasidagi munosabatlar jiddiy o‘zgarayotganini yozdi. Uning kuzatishicha, bir vaqtlar davlat shartnomalari uchun faol kurashgan kompaniya endi ularning aksariyatiga avvalgidek ehtiyoj sezmayapti.
So‘nggi 15 yil davomida SpaceX boshqa pudratchilar muddatlarni buzgan, belgilangan byudjetdan oshib ketgan yoki vazifani bajara olmagan paytlarda AQSh hukumatining kosmosga chiqishini ta’minlab keldi. Kompaniya bu borada raqobatchilaridan ancha ko‘p holatlarda ishonchli yechim taklif qildi.
Biroq endi munosabatlardagi muvozanat teskari tomonga og‘moqda. Bergerning yozishicha, SpaceX davlat buyurtmalariga borgan sari kamroq qiziqyapti. Harbiy aloqa va kuzatuvga xizmat qiluvchi Starshield kabi ma’lumot uzatish tizimlari bundan mustasno bo‘lishi mumkin.
Hamkorlikning kamida ayrim yo‘nalishlarda qisqarib borayotganini ko‘rsatuvchi belgilar ko‘paymoqda.
Jumladan, SpaceX NASAga Crew Dragon kemalarining ekipajli parvozlarini 2030-yildan kechiktirmay to‘xtatishini ma’lum qilgan. Holbuki, hozir aynan shu kema NASA astronavtlarini Xalqaro kosmik stansiyaga muntazam va ishonchli yetkazib berayotgan asosiy vosita bo‘lib turibdi.
Shuningdek, SpaceX 2028-yildan keyinga rejalashtirilgan missiyalar uchun Falcon 9 raketasida tijoriy uchirish xizmatlarini sotishni to‘xtatgan. Kompaniya kelgusida NASA buyurtmalari bo‘yicha ham ushbu raketadan foydalanishdan voz kechishi mumkin.
Oktabr oxirida NASA’ning xavfsizlik bo‘yicha maslahat guruhi yig‘ilishida Kent Rominger shu ehtimolga ishora qilgan. Uning aytishicha, Xalqaro kosmik stansiyani orbitadan chiqarish uchun Dragon asosida yaratilayotgan Amerika apparati 2030-yildan keyin uchiriladigan bo‘lsa, uni kosmosga olib chiqish uchun boshqa turdagi raketa talab etilishi mumkin.
O‘tgan hafta SpaceX AQSh Kosmik kuchlariga 2020-yillar oxirida amalga oshirilishi rejalashtirilgan uchta yangi uchirish bo‘yicha tanlovda qatnashmasligini bildirgan. Gap kompaniyaning Amerika harbiylari oldidagi amaldagi majburiyatlaridan tashqari qo‘shimcha shartnomalar haqida ketmoqda.
Yana bir o‘zgarish Oyga yuk yetkazish loyihalariga daxldor. SpaceX avval NASA’ning Commercial Lunar Payload Services dasturi doirasida bo‘lajak Oy bazasi uchun kichik qo‘nish apparatlari yaratayotgan Amerika kompaniyalariga uchirish xarajatlarining dastlabki hisob-kitoblarini taqdim etib kelgan.

