Mashhur akula muvaffaqiyatsiz qutqaruv operatsiyasidan soʻng Janubiy Koreya kanaliga qaytdi
Rasmiylar urgʻochi akula kanaldan olib chiqilgach, dengizga qaytib suzib ketadi, deb umid qilishgandi.

Qutqaruv muvaffaqiyatsiz yakunlangach, mashhur akula Janubiy Koreya kanaliga qaytib keldi
Janubiy Koreyadagi mashhur qorakuya akula bir oy davomida qamalib qolgan kanaliga qaytib keldi, holbuki arang bir kun avval rasmiylar uni muvaffaqiyatli ravishda olib chiqib ketganliklarini maʼlum qilishgan edi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Bukangi deb nomlangan akula oʻtgan oy janubi-sharqiy Pusan port shahridagi kanalda suzib yurganida koʻrilganidan keyin kutilmaganda diqqat markaziga aylandi.
Janubiy Koreya dengiz ishlari vazirligi chorshanba kuni kechqurun Bukangini kanaldan ochiq bandgohga yoʻnaltirishganini aytdi, ammo keyingi xabarlarga koʻra, akula rasmiylar tomonidan oʻrnatilgan toʻsiqni yorib oʻtib, yana kanal kirishiga suzib kelgan.
Bukangini koʻchirish boʻyicha navbatdagi urinish payshanba kuniga rejalashtirilgan.
Rasmiylar akulani kanaldan olib chiqishga harakat qilishgan edi
Bukangini kanalga alohida iliq suv va baliqlarning koʻpligi jalb qilgan boʻlishi mumkin, deb ishonilmoqda. Dengiz yildan-yilga isib borayotgani sababli, mutaxassislar kelajakda Pusanda akulalar yanada koʻpayishi mumkinligini aytmoqdalar.
Soңgi haftalarda 1,6 milliondan ortiq tashrif buyuruvchi Pusandagi parkka Bukangini koʻrish uchun kelishdi, u oʻzi topilgan kanal sharafiga nomlangan edi.
Uning mashhurligi Pusan turizmiga ijobiy turtki berdi va shahar uni norasmiy ramz sifatida qabul qildi.
Biroq rasmiylar Bukangining ahvolidan ham xavotirda edilar, chunki u jarohatlanganday tuyular va ovqatlanmas edi. Suv harorati tushishi bilan u yanada holdan toyishi mumkinligidan qoʻrquvlar bor edi.
Chorshanba kungi toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilgan operatsiya paytida qutqaruvchilar uch metrlik (10 fut) akulani toʻr yordamida bandgohdagi ochiq suvga tomon xavfsiz yoʻnaltirish uchun sekinlik bilan segiz soatdan ortiq vaqt sarfladilar.
Yuzlab ishtiyoqli muxlislar ertasi kuni akula hali ham kanalda boʻlishini bilmagan holda, xursandchilik qilib va qoʻl siltab xayrlashdilar.
Chorshanba kungi operatsiyadan oldin Bukangini toʻrlar yordamida kanaldan olib chiqish boʻyicha ikkita muvaffaqiyatsiz urinish boʻlgan edi.

