Marosimlar koʻp, kelishuvlar kam. AQSH-Xitoy sammitidan 6 xulosa
Sammit ramziy ishoralarga boy, ammo mazmunan sayoz boʻldi: yirik yutuq qayd etilmadi, biroq ikki tomon sunʼiy intellektni hamkorlik yoʻnalishi sifatida tilga oldi.

Marosimlar koʻp, kelishuvlar kam. AQSH-Xitoy sammitidan 6 xulosa
Xitoy raisi Si Jinpingning 23–25-sentabr kunlari AQSHga qilgan davlat tashrifi ikki yetakchining bir yil ichidagi uchinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʻldi. Si Vashingtonga 2015-yildan beri ilk bor keldi. Sammit ramziy ishoralarga boy, ammo mazmunan sayoz boʻldi: yirik yutuq qayd etilmadi, biroq ikki tomon sunʼiy intellektni hamkorlik yoʻnalishi sifatida tilga oldi.
Oq uy tashrifning birinchi kunidanoq sammitni katta tomoshaga aylantirishga urindi. AQSH prezidenti Donald Tramp 23-sentabr kuni mehmonni odatdagidek Oq uyda kutib olmasdan, oʻzi Endryus harbiy bazasiga borib, Sini samolyot zinapoyasi oldida qarshi oldi.
Ertasi kuni Oq uydagi Atirgullar bogʻida faxriy qorovul saf tortdi: osmondan B-2 bombardimonchisi va F-22 qiruvchilari uchib oʻtdi. Tramp Si bilan «hech qachon bunchalik yaxshi til topishmagani»ni aytdi, Si esa Niksonning 1972-yilgi tashrifini eslab, «qon va olovda toblangan doʻstlik» haqida gapirdi. 25-sentabr kuni yetakchilar Milliy arxivga borishi rejalashtirilgan.
Sammitda eng koʻp tilga olingan mavzu sunʼiy intellekt boʻldi, biroq tomonlarning unga munosabati sezilarli darajada farq qildi. Uchrashuvdan oldin, 20-sentabr kuni Nyu-Yorkda Xitoy Bosh vaziri oʻrinbosari Xe Lifen va AQSH Moliya vaziri Skott Bessent boshchiligidagi delegatsiyalar sunʼiy intellekt boʻyicha ilk muloqotni oʻtkazgandi. Bessent milliy xavfsizlik darajasidagi AI hodisalari haqida bir-birini xabardor qilish mexanizmini taklif qilganini aytdi, ammo Pekin bunga rozi boʻlganini rasman tasdiqlamadi.
«AI'ni ezgulik yoʻlida rivojlantirish va boshqarish imkoniyati hamda masʼuliyatiga ega» ekanini, texnologiya «doim inson nazoratida» qolishi kerakligini taʼkidladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Si yopiq muzokarada AI xatarlari boʻyicha muloqot oʻrnatishni va undan notoʻgʻri foydalanishning oldini olishni taklif qilgan. Xitoy bayonotida aytilishicha, Tramp ham AI «insoniyat kelajagiga daxldor» ekanini va bu borada muloqotni davom ettirish kerakligini aytgan.

