Marko Rubio Mayami va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini bildirdi

Marko Rubio Mayami va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyilishi mumkinligini bildirdi
Mayami va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov paydo boʻlishi mumkin. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini sharhlar ekan maʼlum qildi.
Rubio Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan turistlar soni uni hayratda qoldirganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, aynan shu sababli u AQSh va respublika oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar imkoniyati haqida oʻylab qolgan.
AQSh davlat kotibi, shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi muhim rolini va uning iqtisodiyoti yuqori surʼatlarda oʻsayotganini taʼkidladi. Uning aytishicha, agar respublika keyingi oʻn yillikda ham hozirgi rivojlanish surʼatlarini saqlab qolsa, uni yanada hayratlanarli natijalar kutmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston va AQSh savdo, investitsiyalar va texnologiyalar sohasida umumiy qiymati 12 milliard dollarlik 54 ta bitim tuzgani xabar qilinmoqda. Kelishuvlar transport, energetika, konchilik sanoati, moliya, raqamli texnologiyalar, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarini qamrab oladi.

