Marko Rubio Oʻzbekiston TIV rahbari bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirishni muhokama qildi
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, jumladan, infratuzilma, kosmos va oʻta muhim minerallar sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, C5+1 diplomatik platformasi doirasidagi sheriklikni muhokama qildilar.

Marko Rubio Oʻzbekiston TIV rahbari bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.
«Birgalikda biz ikkala mamlakatimiz va mintaqamiz farovonligini taʼminlash ustida ishlamoqdamiz», — dedi u.
Oldinroq Samarqandda Kun.uz muxbirining savoliga javob berar ekan, Marko Rubio AQSh prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurishni xohlashini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, kelgusi yil davomida Vashington shunday tashrifning ehtimoliy muddatlarini ishlab chiqish niyatida. Davlat kotibi, shuningdek, AQShning Markaziy Osiyoga ortib borayotgan qiziqishini va Amerika kompaniyalarining Oʻzbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini taʼkidladi.

