Layfstayl

Margʻilonda yettinchi xalqaro «Atlas bayrami» boʻlib oʻtadi

Margʻilonda yettinchi bor anʼanaviy toʻqimachilik xalqaro festivali «Atlas bayrami» boʻlib oʻtadi. Dasturda — koʻrgazmalar, mahorat darslari va moda namoyishlari. Dastur.

Margʻilonda VII «Atlas bayrami» xalqaro anʼanaviy toʻqimachilik festivali boʻlib oʻtadi.

12-16 sentyabr kunlari kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi, asosiy dastur esa 17-19 sentyabr kunlariga moʻljallangan.

Ishtirokchilar orasida turli mamlakatlardan kelgan ustalar, dizaynerlar, toʻqimachilik sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar va madaniyat arboblari bor.

Festival 2015 yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va toʻqimachilik hunarmandchiligi anʼanalarini saqlash, rivojlantirish va avloddan-avlodga uzatish, shuningdek, merosni zamonaviy kreativ industriyalarga integratsiya qilish maydoniga aylandi.

Bu yilgi dasturdan «Vodiy gavhari» turistik majmuasi, Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi va Margʻilon tarixi muzeyida boʻlib oʻtadigan qator koʻrgazmalar, mahorat darslari, namoyishlar va ishchi uchrashuvlar oʻrin olgan.

Ishtirokchilar YUNESKO va Yevropa Ittifoqining anʼanaviy texnikalar va zamonaviy dizayn sintezini namoyish etuvchi koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihasi natijalarini taqdim etadilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.