Layfstayl

Margʻilonda «Margʻilon atlasi va adrasi» festivali boʻlib oʻtadi

2026 yil 17–19 sentyabr kunlari Margʻilon shahrida milliy hunarmandchilik hamda anʼanaviy atlas va adras matolarining betakror goʻzalligiga bagʻishlangan «Margʻilon atlasi va adrasi» festivali boʻlib oʻtadi.

Margʻilonda «Margʻilon atlasi va adrasi» festivali boʻlib oʻtadi

2026 yil 17–19 sentyabr kunlari Margʻilon shahrida milliy hunarmandchilik hamda anʼanaviy atlas va adras matolarining betakror goʻzalligiga bagʻishlangan «Margʻilon atlasi va adrasi» festivali boʻlib oʻtadi.

Tadbir «Fargʻona vodiysi durdonasi» — «Burhoniddin Margʻinoniy» ilmiy-maʼrifiy va turistik majmuasi hududida tashkil etiladi.

Uch kun davomida tashrif buyuruvchilar Margʻilonning boy madaniy merosi, milliy hunarmandchilik anʼanalari hamda ipakchilik va toʻqimachilik sohasida shakllangan koʻp asrlik tajriba bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Festival dasturidan milliy atlas va adras matolari namunalari namoyishi, milliy liboslar koʻrgazmasi, anʼanaviy hunarmandchilikka bagʻishlangan taqdimotlar, shuningdek, Margʻilonning noyob madaniy merosini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlar oʻrin oladi.

Margʻilon atlasi va adrasi nafaqat milliy toʻqimachilik sanʼatining muhim tarkibiy qismi, balki oʻzbek xalqining anʼanalari va boy madaniy merosini aks ettiruvchi noyob hunarmandchilik namunasidir.

«Margʻilon atlasi va adrasi» festivali milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, anʼanaviy hunarmandchilikni ommalashtirish va Margʻilonning turistik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan.

Tashkilotchilar milliy sanʼat va hunarmandchilikni, atlas va adrasning yorqin namunalarini hamda Margʻilonning boy madaniy muhitini oʻzida birlashtiradigan ushbu festivalga barcha xohlovchilarni taklif etadilar.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.