Mahalliy

Margʻilonda «Atlas bayrami» xalqaro festivali boshlandi

Margʻilonda anʼanaviy toʻqimachilik va kreativ industriyalarni rivojlantirishga bagʻishlangan «Atlas bayrami» xalqaro festivali boshlandi. «Burhoniddin Margʻinoniy» majmuasida festivalning tantanali ochilishi va Made in Uzbekistan koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi. Dastur doirasida «Anʼanaviy toʻqimachilik — kreativ industriyaning muhim segmenti» mavzusida xalqaro konferentsiya boʻlib oʻtmoqda. Ishtirokchilar uchun toʻqimachilik va gilamdoʻzlik boʻyicha mahorat darslari ham tashkil etilgan, […]

Margʻilonda anʼanaviy toʻqimachilik va kreativ industriyani rivojlantirishga bagʻishlangan «Atlas bayrami» xalqaro festivali boshlandi.

Festivalning tantanali ochilishi va Made in Uzbekistan koʻrgazmasi «Burhoniddin Margʻinoniy» majmuasida boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi.

Dastur doirasida «Anʼanaviy toʻqimachilik — kreativ industriyaning muhim segmenti» mavzusida xalqaro konferentsiya oʻtkazilmoqda. Ishtirokchilar uchun toʻqimachilik va gilamdoʻzlik boʻyicha mahorat darslari, modalar namoyishi hamda amaliy treninglar ham tayyorlangan.

Alohida mashgʻulotlar hunarmandchilik, etnodizayn va tadbirkorlikka bagʻishlangan.

Festival anʼanaviy oʻzbek toʻqimachiligi va Margʻilon atlasining salohiyatini namoyish etgan holda, ustalar, dizaynerlar va kreativ industriya vakillarini birlashtiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.