Maoshning yarmi ijaraga ketadi: Yevropaning qaysi davlatlarida yashash qimmatroq?
Millionlab yevropaliklar daromadining katta qismini uy-joy xarajatlariga sarflaydi. Bunga ijara haqi yoki ipoteka foizlari, kommunal to‘lovlar, shuningdek, soliqlar ham kiradi. Euronews ushbu xarajatlar mamlakatlar kesimida qanday farqlanishini o‘rgandi.

Maoshning yarmi ijaraga ketadi: Yevropaning qaysi davlatlarida yashash qimmatroq?
Millionlab yevropaliklar o‘z daromadining 40 foizidan ko‘prog‘ini uy-joyga sarflaydi. Euronews ko‘chmas mulk uchun to‘lovlar eng yuqori bo‘lgan davlatlarni o‘rgandi.
“Yevrostat” ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqida uy-joy narxlari 2015-yildan 2026-yilning ikkinchi choragigacha o‘rtacha 69 foizga oshgan. Ayrim mamlakatlarda bu narxlar ikki barobardan ham ko‘proq qimmatlashgan. Ijara haqi va energiya xarajatlari ham o‘sishda davom etmoqda.
“Yevropa uy-joy narxlarining qimmatlashishi va unga ketadigan xarajatlarning ortishi sababli yuzaga keladigan inqiroz bilan yuzlashmoqda”, deyiladi Yevropa kengashi bayonotida.
Uy-joy inqirozi ayniqsa daromadining 40 foizidan ortig‘ini turar joy xarajatlariga sarflaydigan odamlarga kuchliroq ta’sir qilmoqda. 2025-yilda Yevropa Ittifoqida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 7,7 foizni tashkil etgan.
“Uy-joy xarajatlarining ortib borishiga, asosan, ijara haqi va uy sotib olish narxlarining oshishi, daromadlarning esa ularga nisbatan sekinroq o‘sishi sabab bo‘lmoqda. Bu, ayniqsa, daromadi past qatlamlarga ko‘proq ta’sir qilmoqda”, dedi Tsyurixdagi Shveysariya oliy texnika maktabi (ETH Zürich) olimasi doktor Xanna Vidmer.
“Yevrostat”ga ko‘ra, uy-joy xarajatlari — bu xo‘jaliklarning turar joy uchun har oy to‘laydigan mablag‘lari. Ularning tarkibiga ijara haqi yoki ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari, suv, elektr energiyasi, gaz kabi kommunal xizmatlar, shuningdek, sug‘urta, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va soliqlar kabi muntazam to‘lovlar kiradi.
Ixtiyordagi daromad — bu xonadonning soliqlar va ijtimoiy badallar to‘langandan keyingi umumiy daromadidir. U pensiya kabi ijtimoiy to‘lovlarni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlari mavjud Yevropa mamlakatlari orasida uy-joy xarajatlari aholiga eng katta moliyaviy yuk bo‘layotgan davlat Gretsiyadir. Ushbu taqqoslashga Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasining ikki a’zosi va Yevropa Ittifoqiga nomzod beshta mamlakat kiritilgan.
2025-yilda Gretsiya aholisining 26,4 foizi daromadining 40 foizidan ortig‘ini uy-joy xarajatlariga sarflagan. Bu Yevropa Ittifoqi bo‘yicha o‘rtacha 7,7 foizlik ko‘rsatkichdan uch baravardan ham yuqori. YI mamlakatlari orasida keyingi o‘rinda 14,7 foiz bilan Daniya turibdi. Germaniya (11,2 foiz), Shvetsiya (10,8 foiz), Estoniya (8,8 foiz), Chexiya (8,2 foiz) va Lyuksemburg (8,1 foiz) ko‘rsatkichlari Yevropa Ittifoqidagi o‘rtacha darajadan ancha yuqori.
Gretsiya
26,4
Shveysariya
15,3
Daniya
14,7
Norvegiya
13,5
Germaniya
11,2
Shvetsiya
10,8
Turkiya
10,0
Estoniya
8,8
Chernogoriya
8,7
Chexiya
8,2
Lyuksemburg
8,1
Serbiya
7,9
Ispaniya
7,2
Bolgariya
6,9
Belgiya
6,7
Niderlandiya
Polsha
1 496
Shveysariya
1 385
Niderlandiya
1 173
Shvetsiya
1 143
Ruminiya
952
Chexiya
895
Daniya
881
Belgiya
796
Aholisi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha kam bo‘lsa-da, Gretsiya bu borada oltinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatda 2,7 million kishi daromadining 40 foizidan ortig‘ini uy-joy xarajatlariga sarflaydi.
Tabiiyki, daromadi past aholi bu muammodan ko‘proq zarar ko‘radi. Yevropa Ittifoqida kambag‘allik xavfi ostida bo‘lganlar orasida bu ko‘rsatkich 29,1 foizgacha yetgan. Kambag‘allik xavfi ostidagi aholi deganda daromadi mamlakat bo‘yicha belgilangan chegaradan past bo‘lgan kishilar tushuniladi. Bu chegara mamlakatdagi o‘rtacha daromadning 60 foizi asosida belgilanadi. Bunda uy xo‘jaligidagi odamlar soni va tarkibi ham hisobga olinadi.
2025-yilda Yevropa Ittifoqida uy xo‘jaligi tarkibi hisobga olinganda o‘rtacha daromad yiliga 22 939 yevro yoki oyiga 1 912 yevroni tashkil etgan. Uning 60 foizi esa oyiga 1 147 yevroga teng bo‘lgan. Bu borada ham Gretsiya birinchi o‘rinda turibdi. 2025-yilda mamlakatda kambag‘allik xavfi ostidagi aholining 82,6 foizi daromadining 40 foizidan ortig‘ini uy-joy xarajatlariga sarflaydigan xonadonlarda yashagan.

