Sport

Mahmud Murodov 2 daqiqa ichida 6 raqibini nokautga uchratdi (video)

O‘zbekistonlik sobiq UFC jangchisi ushbu mediaturnirdagi ishtiroki uchun 600 ming dollar ishlab topdi.

Mahmud Murodov 2 daqiqa ichida 6 raqibini nokautga uchratdi (video)

Sobiq UFC jangchisi, o‘zbekistonlik mashhur MMA ustasi Mahmud Murodov Pragada (Chexiya) o‘tkazilgan G MMA 1: Samhain mediaturnirida qatnashdi. Sportchi Chexiya va Slovakiyada tanilgan blogerlar — Kotlarlar oilasi a’zolariga qarshi “konveyer” (tanaffussiz) uslubidagi noodatiy jangda ishtirok etishga rozi bo‘ldi.

Jang qoidalariga ko‘ra, Murodovga qarshi olti nafar raqib oktagonga navbatma-navbat chiqdi. Jangchilardan biri yiqilsa yoki taslim bo‘lsa, uning o‘rnini darhol keyingisi egallardi. Yakunda sobiq UFC vakili barcha olti raqibni ikki daqiqadan kamroq vaqt ichida mag‘lub etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Murodov havaskorlarga jiddiy jarohat yetkazmaslik uchun asosan yengil lou-kiklar (oyoqqa zarba) va parterdagi oddiy zarbalar bilan g‘alabaga erishgan. Ushbu mediaturnirdagi ishtiroki uchun o‘zbekistonlik sportchi 600 ming dollar ishlab topdi.

Eslatib o‘tamiz, Mahmud Murodov 2019-yildan 2024-yilgacha UFC’da qatnashgan va keyin Yevropaning Oktagon MMA promousheniga qaytgan edi. U joriy yilning 29-dekabr kuni o‘rta vazn toifasida o‘ziga tegishli bo‘lgan Oktagon chempionlik kamarini polshalik Kshishtof Yotkoga qarshi jangda himoya qilishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.