“Lugano” Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l oldi, Behruzjon Karimov zaxiradan maydonga tushdi

"Lugano" Konferensiyalar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi, Behruzjon Karimov zaxiradan maydonga tushdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruzjon Karimov Shveysariyaning "Lugano" klubi bilan UEFA Konferensiyalar Ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.
Saralash pley-off bosqichining javob o‘yinida "Lugano" Isroilning "Makkabi Tel-Aviv" jamoasi bilan to‘qnash keldi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi, natijada Shveysariya klubi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 58-daqiqasida "Lugano" himoyachisi Mattia Zanotti qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 69-daqiqada "Makkabi" futbolchisi Dor Perets penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 79-daqiqada Derek Monkada muvozanatni tikladi. Bu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi.
Behruzjon Karimov 82-daqiqada Renato Shteffen o‘rniga maydonga tushdi va o‘zini yaxshi ko‘rsatdi.
Jamoalarning Luganoda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvida "Lugano" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, YCHL umumiy guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 28-avgust kuni Monako shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning umumiy guruh bosqichi esa 15-oktyabr kuni boshlanadi.

