Sport

Behruz Karimov «Lugano» bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatida eng yorqin o‘yin ko‘rsatgan futbolchilaridan biri, 19 yoshli Behruz Karimov 2031-yilgacha Shveysariyaning «Lugano» klubi sharafini himoya qiladi.

Behruz Karimov «Lugano» bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yorqin futbolchilaridan biri bo‘lgan 19 yoshli Behruz Karimov «Surxon» jamoasini tark etib, Shveysariyaning «Lugano» klubiga o‘tdi.

Himoyachi 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Shartnoma shartlari oshkor etilmagan.

Behruz Karimov 2007-yil 7-avgustda tug‘ilgan. U dastlab Odil Junior akademiyasida tahsil olgan, keyinroq Toshkentning «Olimpik» klubiga o‘tgan. 2025-yil fevralidan beri Termizning «Surxon» klubida o‘ynab kelayotgan edi.

1908-yilda o‘z nomidagi shaharda tashkil etilgan «Lugano» klubi Shveysariyaning eng qadimiy klublaridan biri hisoblanadi. U uch marta mamlakat chempioni va to‘rt marta Shveysariya kubogi sohibi bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda klub ichki chempionatda 3-o‘rinni egallab, UEFA Konferensiyalar ligasida (Chempionlar ligasi va Yevropa ligasidan keyingi musobaqa) ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Joriy Konferensiyalar ligasi mavsumida klub 3-saralash bosqichining dastlabki o‘yinida Farer orollarining «Runavik» klubini o‘z maydonida 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Javob o‘yini 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Agar «Lugano» bu bosqichdan o‘tsa, guruh bosqichiga chiqish uchun «Makkabi T-A» (Isroil) va SSKA (Bolgariya) o‘yini g‘olibi bilan kuch sinashadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.